Mirziyoyev "Yalla" ansamblining ijodiy jamoasini mukofotladi

© ludinaroku.com.uaFarrux Zakirov na premii "Chelovek goda"
Farrux Zakirov na premii Chelovek goda  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2023
Obuna bo‘lish
"Yalla" ansamblining ijodiy jamoasi "El-yurt hurmati" va "Do‘stlik" ordenlari bilan mukofotlandi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev "Yalla" ansambli tashkil etilganining 50-yilligi munosabati bilan 5 nafar ijodkorni mukofotladi.
"Yalla" ansamblining ijodiy jamoasini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonga ko‘ra, mukofot o‘zbek estrada san’atini rivojlantirish, uning shon-shuhratini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalar, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun berildi.
Quyidagilar mukofotlandi:
"El-yurt hurmati" ordeni bilan - Zakirov Farrux Karimovich- "Yalla" ansambli badiiy rahbari
"Do‘stlik" ordeni bilan - Aliyev Abbos Saidovich - "Yalla" ansambli sozandasi, Toxtayev Javlon Ramzitdinovich - "Yalla" ansambli sozandasi, Xalikov Igor Yakubovich - "Yalla" ansambli direktori, Xalikov Timur Pulatovich - "Yalla" ansambli sozandasi.
© Sputnik / V. Kovrein"Yalla" ansambli
Ansambl Yalla - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2023
"Yalla" ansambli
Ma’lumot uchun, guruh 1970-yilda tashkil etilgan. "Yalla"ning ilk davrdagi repertuari, asosan, xalq og‘zaki ijodi – folklor qo‘shiqlaridan tashkil topgan. Unga "Qiz bola", "Majnuntol", "Boychechak", "Yallama, yorim" kabi qo‘shiqlar misol bo‘la oladi. Ansamblni “Uchquduq”, “Shahrisabz”, “Samarqandning moviy gumbazlari”, “Toshkentim – onam”, Golubie kupola”, "Na vostoke”kabi qo‘shiqlari butun mamlakatga tanitdi.
Yangiliklar lentasi
0