CAFA Futsal Cup-2023: O‘zbekiston qachon va kim bilan o‘ynaydi?

© Foto: O‘FAFutzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston birinchi turda Tojikiston, 2- turda Afg‘oniston, 3-turda Turkmaniston, 4-turda Eron, 5-turda esa Qirg‘izistonga qarshi o‘ynaydi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi futzal bo‘yicha “CAFA Futsal Cup-2023” birinchi turnirining ochilish o‘yinida Tojikiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda Tojikiston futbol federatsiyasi xabar berdi.
Dushanbe shahrida 23-30 iyul kunlari Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi shafeligida futzal bo‘yicha milliy terma jamoalar o‘rtasida ilk bor – “CAFA Futsal Cup-2023” turniri bo‘lib o‘tadi.
Afg‘oniston, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston terma jamoalari mintaqaning eng kuchli jamoasi nomi uchun kurash olib boradi.
Turnir doirasida jami 15 ta uchrashuv o‘tkaziladi. Musobaqalar bir turda o‘tkaziladi. G‘olib jamoa to‘plangan ochkolar soniga qarab aniqlanadi.
O‘zbekiston birinchi turda Tojikiston, 2- turda Afg‘oniston, 3-turda Turkmaniston, 4-turda Eron, 5-turda esa Qirg‘izistonga qarshi o‘ynaydi.
1-bosqich, 23-iyul
O‘zbekiston - Tojikiston;
Qirg‘iziston - Afg‘oniston;
Eron - Turkmaniston.
2-tur, 24-iyul
Tojikiston - Turkmaniston;
Eron - Qirg‘iziston;
O‘zbekiston - Afg‘oniston.
3-tur, 26-iyul
Tojikiston - Qirg‘iziston;
Turkmaniston - O‘zbekiston;
Afg‘oniston - Eron.
4-tur, 28-iyul
Afg‘oniston - Tojikiston;
Qirg‘iziston - Turkmaniston;
Eron - O‘zbekiston.
5-tur, 30-iyul
Tojikiston - Eron;
Turkmaniston - Afg‘oniston;
O‘zbekiston - Qirg‘iziston.
Yangiliklar lentasi
0