Ukrainaning davlat qarzi YaIMning yuz foizidan oshadi — XVJ

© Sputnik / Natalya SeliverstovaXalqaro valyuta jamg‘armasi binosi, arxiv surat
Xalqaro valyuta jamg‘armasi binosi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina davlat qarzining 2023-yilda YaIMning 88,1 foizigacha, 2024-yilda YaIMning 98,6 foizigacha o‘sishi prognoz qilindi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) bashoratiga ko‘ra, 2025-yilda Ukrainaning davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning (YaIM) 100 foizidan oshadi. Bu haqda RIA Novosti tashkilot e’lon qilgan ma’lumotga tayanib xabar berdi.
Xususan, XVJ 2023-yilda Ukraina davlat qarzi miqdori YaIMning 88,1 foizigacha, 2024-yilda 98,6 foizgacha, 2025-yilda esa 100,7 foizgacha o‘sishini bashorat qilmoqda.
Qayd etilishicha, 2025-yildan keyin davlat qarzi darajasi pasayishni boshlaydi va 2026-yilda YaIMning 99,5 foizini, 2027-yilda esa 98,4 foizni tashkil qiladi.
2022 yilda XVJ Ukraina davlat qarzi YaIMning 78,5 %ini tashkil qilgan edi. Bu - 100 milliard dollar, har bir ukrainalik hisobiga 2500 dollardan to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot uchun, Ukrainaga bugungi kunda yetkazib berilayotgan g‘arb tanklari, qurol-aslaha va boshqa harbiy "yordamning" aksariyati tijoriy asosda (ya’ni foiz to‘lovli) davlat qarzi sifatida yetkazib berilmoqda.
Ukrainaning asosiy kreditorlari AQSh (13 mlrd dollar) va Yevropa Ittifoqi - 11,5 mlrd dollar. Shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari XVJ (2,7 mlrd dollar), Jahon banki (167 mlrd dollar) va YeIB (2,32 mlrd dollar).
Keyingi o‘rinlarda Kanada (1,5 mlrd dollar), Germaniya (1,4 mlrd dollar) va Britaniya (1 mlrd dollar). Bulardan keyin Yaponiya, Fransiya, Italiya va Niderlandiya ham bor. Ular 300 dan 500 mln dollargacha kredit bergan.
Yangiliklar lentasi
0