https://oz.sputniknews.uz/20230630/toshkent-xorijlik-eng-arzon-shahar-36438948.html
Dunyodagi eng qimmat va eng arzon shaharlar ma’lum bo‘ldi — Toshkent nechanchi o‘rinda?
Dunyodagi eng qimmat va eng arzon shaharlar ma’lum bo‘ldi — Toshkent nechanchi o‘rinda?
Sputnik O‘zbekiston
Xorijliklar yashashi uchun eng qimmat shahar Gonkong, eng arzoni esa Karachi va Islomobod bo‘lib chiqdi. Reytingni tuzishda ekologiya, xavfsizlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, transportni rivojlantirish darajasi hisobga olingan.
2023-06-30T14:19+0500
2023-06-30T14:19+0500
2023-06-30T14:23+0500
turizm
o‘zbekiston
sayyohlar
toshkent
mdh
jamiyat
reyting
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/11/27231175_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_48d125853bea8d4aca33466fbf50a6f0.jpg
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Toshkent xorijliklar uchun eng arzon shaharlar qatoriga kirdi. Bu haqda "Mercer" xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan xorijliklar uchun dunyodagi eng qimmat shaharlar reytingida ma’lum qilindi.Unga ko‘ra, yashash uchun eng qimmat shaharlar birinchiligidan Gonkong, Surix va Singapur joy oldi. Qayd etilishicha, bu yil yashash uchun eng qimmat 10 shahardan faqat ikkitasi Osiyoda joylashgan. Shu bilan birga, bu shaharlar reytingda birinchi o‘rinni egalladi, birinchi o‘rinda Gonkong, ikkinchi o‘rinda Singapur. Shuningdek, Tel-Aviv xalqaro xodimlar uchun Yaqin Sharqdagi eng qimmat shahar bo‘lib qolmoqda va global reytingda 8-o‘rinni egallagan. Bu mintaqadagi keyingi eng qimmat shaharlar Birlashgan Arab Amirliklarida, ya’ni Dubay (18) va Abu-Dabi (43) bo‘lib, ularning ikkisi ham o‘tgan yildan beri o‘z reytinglarida sezilarli o‘sishni namoyon etdi.Reytingdagi eng arzon o‘rinlar qatoriga o‘tgan yil o‘rtalarida qisman valyutaning katta devalvatsiyasi tufayli 83 pog‘onaga tushib ketgan Gavana va Pokistonning ikki shahri, Karochi va Islomobod kiradi.Yaqin xorij shaharlari orasida Estoniya poytaxti Tallin yashash uchun eng qimmat shahar bo‘lib chiqdi - 100 o‘rin. Yerevan 141, Boku 177, Tbilisi 181, Minsk 182, Olmaota 208-o‘rinlarni egallagan. O‘zbekiston poytaxti esa 218 o‘rinda. Dushanbe 223-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Bishkek 224-o‘rinda bormoqda. "Mercer" reytingi 40 taga yaqin omil, jumladan, ekologiya, xavfsizlik masalalari hamda sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport va boshqa davlat xizmatlari darajasiga asoslanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/11/27231175_0:0:2362:1772_1920x0_80_0_0_a423ed74a75634bc941e74d23189a063.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo turizm eng qimmat va eng arzon shaharlar toshkent reyting mercer
dunyo turizm eng qimmat va eng arzon shaharlar toshkent reyting mercer
Dunyodagi eng qimmat va eng arzon shaharlar ma’lum bo‘ldi — Toshkent nechanchi o‘rinda?
14:19 30.06.2023 (yangilandi: 14:23 30.06.2023) Xorijliklar yashashi uchun eng qimmat shahar Gonkong, eng arzoni esa Karochi va Islomobod bo‘lib chiqdi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Toshkent xorijliklar uchun eng arzon shaharlar qatoriga kirdi. Bu haqda "Mercer" xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan xorijliklar uchun dunyodagi eng qimmat shaharlar reytingida
ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, yashash uchun eng qimmat shaharlar birinchiligidan Gonkong, Surix va Singapur joy oldi. Qayd etilishicha, bu yil yashash uchun eng qimmat 10 shahardan faqat ikkitasi Osiyoda joylashgan. Shu bilan birga, bu shaharlar reytingda birinchi o‘rinni egalladi, birinchi o‘rinda Gonkong, ikkinchi o‘rinda Singapur.
Shuningdek, Tel-Aviv xalqaro xodimlar uchun Yaqin Sharqdagi eng qimmat shahar bo‘lib qolmoqda va global reytingda 8-o‘rinni egallagan. Bu mintaqadagi keyingi eng qimmat shaharlar Birlashgan Arab Amirliklarida, ya’ni Dubay (18) va Abu-Dabi (43) bo‘lib, ularning ikkisi ham o‘tgan yildan beri o‘z reytinglarida sezilarli o‘sishni namoyon etdi.
Reytingdagi eng arzon o‘rinlar qatoriga o‘tgan yil o‘rtalarida qisman valyutaning katta devalvatsiyasi tufayli 83 pog‘onaga tushib ketgan Gavana va Pokistonning ikki shahri, Karochi va Islomobod kiradi.
Yaqin xorij shaharlari orasida Estoniya poytaxti Tallin yashash uchun eng qimmat shahar bo‘lib chiqdi - 100 o‘rin. Yerevan 141, Boku 177, Tbilisi 181, Minsk 182, Olmaota 208-o‘rinlarni egallagan.
O‘zbekiston poytaxti esa 218 o‘rinda. Dushanbe 223-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Bishkek 224-o‘rinda bormoqda.
"Mercer" reytingi 40 taga yaqin omil, jumladan, ekologiya, xavfsizlik masalalari hamda sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport va boshqa davlat xizmatlari darajasiga asoslanadi.