“Toshkent-Termiz” yo‘nalishi transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopildi

© Ramiz BaxtiyarovZnak "Stop" na vyezde v Tashkent vo vremya karantina
Znak Stop na vyezde v Tashkent vo vremya karantina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2023
Obuna bo‘lish
Sirdaryo tumani hududidan o‘tuvchi Xalqaro ahamiyatdagi M-34 "Toshkent-Dushanbe" avtomobil yo‘lining 82-km.da joylashgan yo‘l o‘tkazgichda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. “Toshkent-Termiz” yo‘nalishidagi barcha transport vositalarining harakati vaqtincha cheklandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o‘tuvchi Xalqaro ahamiyatdagi M-34 "Toshkent-Dushanbe" avtomobil yo‘lining 82-km.da joylashgan yo‘l o‘tkazgichda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
© Slujba bezopasnosti dorojnogo dvijeniya“Toshkent-Termiz” yo‘nalishi
karta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2023
“Toshkent-Termiz” yo‘nalishi
Shu munosabat bilan 30-iyun kuni soat 08:00 dan 18:00 gacha “Toshkent-Termiz” yo‘nalishida barcha transport vositalarining harakati cheklandi.
Mazkur yo‘lga yo‘nalishdosh bo‘lgan xalqaro ahamiyatdagi M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 873-882 km (9 km) va davlat ahamiyatidagi 4R-29 “M34 avtoyo‘li-M39 avtoyo‘li-Qozog‘iston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 0-7 km (jami 16 km.) orqali harakat vaqtincha tashkil etiladi.
Haydovchilarga yo‘l ko‘rsatish maqsadida YPX xodimlari tegishli joylarga xizmatga jalb etiladi.
Mazkur yo‘nalishdan o‘tuvchi haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga va yo‘l belgilarining talablariga qat’iy rioya etishlari so‘ralmoqda.
Yangiliklar lentasi
0