Alisher Qodirov Shvetsiyada Qur’on yoqilishini provokatsiya deb atadi

© Telegram/ Alisher QodirovVitse-spiker zakonodatelnoy palati parlamenta Uzbekistana, lider partii "Milliy tiklanish" Alisher Kadirov
Vitse-spiker zakonodatelnoy palati parlamenta Uzbekistana, lider partii Milliy tiklanish Alisher Kadirov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2023
Obuna bo‘lish
"Milliy tiklanish" partiyasi yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Qur’oni Karimni yoqish huquq emas, Islom dunyosida allaqachon immunitet shakllanib bo‘lgan provokatsiyadir.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Alisher Qodirov Shvetsiyada Qur’onning yoqilishiga munosabat bildirdi.
“Qur’oni Karimni yoqish huquq emas, Islom dunyosida allaqachon immunitet shakllanib bo‘lgan provokatsiya! Ikkita betayinning huquqi millionlab fuqarolar uchun vatan bo‘lgan Shvetsiyaning fundamental manfaatlaridan ustun bo‘lishi mumkinmi?”, - deya yozdi Qodirov o‘zining Telegram-kanalida.
Avvalroq 28-iyun kuni Shvetsiya poytaxtida politsiya ruxsati bilan Qurbon hayitining birinchi kunida Qur’onni yoqish aksiyasi bo‘lib o‘tgan edi.

Islom dunyosining bunga munosabati

Marokash hukumati norozilik ramzi sifatida Stokgolmdagi elchisini chaqirib oldi. Saudiya Arabistoni, Indoneziya, BAA, Jazoir, Qatar, Bahrayn, Iroq, Iordaniya, Misr, Pokiston, Turkiya kabi mamlakatlar bu xatti-harakatni qattiq qoralashdi.
Eron Shvetsiya tomonidan Qur’onni yoqishga ruxsat berilishini ekstremizm va islomofobiyani qo‘llash sifatida ko‘rishini ma’lum qildi.
Malayziya Shvetsiyani Qur’onni yoqayotganlarga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi. Livan TIV Shvetsiya hukumatini buni jinoyat deb baholashga chaqirdi.
Bundan tashqari, Rossiya Davlat dumasi Qur’onni yoqishga ruxsat bergan Shvetsiya hukumatini qoraluvchi bayonot qabul qildi.
Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Dagestan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2023
Rossiyada Qur’onga hurmatsizlik jinoyat hisoblanadi – Putin
Yangiliklar lentasi
0