Qandli diabet bilan kasallanganlar soni 2030-yilga borib ikki baravar ortishi mumkin

© Depositphotos / KruchenkovaGlyukometr bilan qondagi shakarni aniqlash, arxiv surat
Glyukometr bilan qondagi shakarni aniqlash, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2023
Obuna bo‘lish
Olimlar fikriga ko‘ra, noto‘g‘ri ovqatlanish, kamharakatlik oqibatida kelib chiqadigan ortiqcha vazn qandli diabetning asosiy omildir.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. 2030-yilga borib qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar soni 1,3 milliard nafargacha yetib, ikki baravar ortishi mumkin. Bu haqda Buyuk Britaniyaning nufuzli “The Lancet” tibbiy jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalarida bayon qilingan, deb yozadi O‘zbekiston SSV matbuot xizmati.
Qandli diabet — tobora yasharib borayotgan kasallik. Hozir dunyoda yarim milliarddan ortiq kishi ushbu darddan aziyat chekmoqda. Ulardan katta qismi xastalikning 2-turiga chalingan.
Nashrning qayd etishicha, qandli diabet Yer yuzi aholisining 6,1 foizida uchraydi. Bu esa ushbu kasallikdan nogironlik holatlari ortishiga sabab bo‘lmoqda.
Ayni paytda diabetga chalinganlar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Olimlar fikriga ko‘ra, noto‘g‘ri ovqatlanish, kamharakatlik oqibatida kelib chiqadigan ortiqcha vazn qandli diabetning asosiy omildir.
Boisi kasallikning 2-turi rivojlanishiga inson tanasida mushak to‘qimasining kamayib, yog‘ to‘qimasining ko‘payishi hisoblanadi. Ammo xastalik semiz bo‘lmagan insonlarda ham rivojlanishi mumkin.
Qandli diabet asosan og‘iz qurishi, chanqash va shunga yarasha keragidan ortiqcha suyuqlik iste’mol qilib, ko‘p peshob ajralishi kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi.
Qandli diabetga chalinganlar uchun zararsiz mevalar
Shuningdek, bunday bemorlarda umumiy holsizlik, oyoqlarda og‘riq va keyinchalik jarohatlarning sekin bitishi kuzatiladi. Ortiqcha vazni bo‘lgan kishilarda xastalik ishtahaning haddan ortib ketishi bilan ham kuzatiladi.
Yangiliklar lentasi
0