https://oz.sputniknews.uz/20230630/prezident-maktablari-hujjatlar-qabuli-36443883.html
Prezident maktablarining bo‘sh o‘rinlariga hujjatlar qabuli muddati uzaytirildi
Prezident maktablarining bo‘sh o‘rinlariga hujjatlar qabuli muddati uzaytirildi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident maktablariga o‘qishga kirish uchun talabgordan quyidagi hujjatlar talab etiladi: tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma; fotosurat (oxirgi 2 oyda olingan);ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
2023-06-30T16:50+0500
2023-06-30T16:50+0500
2023-06-30T16:50+0500
jamiyat
prezident maktablari
o‘zbekiston
qabul komissiyasi
maktabga qabul
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0b/18674189_0:65:1280:785_1920x0_80_0_0_6c8ef61360ceb7c706c93364294347c9.jpg
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari hamda prezident maktablarining bo‘sh o‘rinlariga o‘qishga hujjatlar qabuli joriy yilning 10-iyul kuniga qadar uzaytirildi. Bu haqda “Ta’lim nazorati” Telegram-kanali xabar berdi.Ta’kidlanishicha, bunday qaror ko‘p sonli ota-onalarning talablariga binoan qabul qilingan.Prezident maktablariga qabul faqat 4-sinfdan 5-sinfga o‘tayotgan o‘quvchilar uchun 30-iyunda yopiladi. Qolgan bo‘sh o‘rinlarga qabul 10-iyulga qadar uzaytiriladi.Ijod maktablariga qabul 30-iyunda to‘liq yopiladi.Ixtisoslashtirilgan maktablarning barchasiga qabul 10-iyulga qadar uzaytiriladi.Eslatib o‘tamiz, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan 30-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.Prezident maktablariga o‘qishga kirish uchun talabgordan quyidagi hujjatlar talab etiladi:Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” baho (a’lo) bo‘lishi lozim.Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?2023/2024-o‘quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0b/18674189_74:0:1207:850_1920x0_80_0_0_61184a0a749948ffc5f9df68aef3b440.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident maktablari hujjat topshirish qabul imtihon qabul toshkent ma’lumot qabul tartibi test savollari
prezident maktablari hujjat topshirish qabul imtihon qabul toshkent ma’lumot qabul tartibi test savollari
Prezident maktablarining bo‘sh o‘rinlariga hujjatlar qabuli muddati uzaytirildi
Prezident maktablariga qabul faqat 4-sinfdan 5-sinfga o‘tayotgan o‘quvchilar uchun 30-iyunda yopiladi. Qolgan bo‘sh o‘rinlarga qabul 10-iyulga qadar uzaytiriladi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari hamda prezident maktablarining
bo‘sh o‘rinlariga o‘qishga hujjatlar qabuli joriy yilning 10-iyul kuniga qadar uzaytirildi. Bu haqda “Ta’lim nazorati” Telegram-kanali
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, bunday qaror ko‘p sonli ota-onalarning talablariga binoan qabul qilingan.
Prezident maktablariga qabul faqat 4-sinfdan 5-sinfga o‘tayotgan o‘quvchilar uchun 30-iyunda yopiladi. Qolgan bo‘sh o‘rinlarga qabul 10-iyulga qadar uzaytiriladi.
Ijod maktablariga qabul 30-iyunda to‘liq yopiladi.
Ixtisoslashtirilgan maktablarning barchasiga qabul 10-iyulga qadar uzaytiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan 30-iyunga qadar onlayn shaklda
ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.
Prezident maktablariga o‘qishga kirish uchun talabgordan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
fotosurat (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” baho (a’lo) bo‘lishi lozim.
Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2023/2024-o‘quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.