O‘zbekiston yoshlari haqida eng qiziqarli faktlar

© SputnikYosh volontorlar
Yosh volontorlar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2023
Obuna bo‘lish
Mana 6-yildirki O‘zbekistonda 30-iyun Yoshlar kuni sifatida nishonlanadi. O‘zbekiston yoshlari haqida bir necha faktlarni keltirib o‘tamiz.
O‘zbekistonda kimlar yoshlar toifasiga kiradi?
Mamlakatning “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonliklar yoshlar toifasiga kiradi. Bu yoshda, qoida tariqasida, mamlakat yoshlari umumta’lim maktablari va oliy o‘quv yurtlarida tahsil oladi.
Respublikada jami 9,5 milliondan ortiq yoshlar istiqomat qiladi, bu O‘zbekiston umumiy aholisining 26,8 foizini tashkil etadi. Yoshlarning asosiy qismi Samarqand viloyatida (1 milliondan ortiq), eng kami esa Sirdaryo viloyatida (250 mingga yaqin) istiqomat qiladi.
Hududlardagi yoshlar soni:
Qoraqalpog‘iston – 544 011 kishi (27,5%);
Andijon viloyati – 871 191 nafar (26,2 foiz);
Buxoro viloyati – 519 768 nafar (25,9 foiz);
Jizzax viloyati – 418 659 nafar (28,4%);
Qashqadaryo viloyati – 976 661 nafar (28,0%);
Navoiy viloyati – 274275 nafar (26,0%);
Namangan viloyati – 803 078 nafar (26,8 foiz);
Samarqand viloyati – 1143004 kishi (27,8%);
Surxondaryo viloyati – 787 816 nafar (28,1 foiz);
Sirdaryo viloyati – 249 903 nafar (27,9 foiz);
Toshkent viloyati – 767,6 ming kishi (25,6%);
Farg‘ona viloyati – 1051980 nafar (26,5%);
Xorazm viloyati – 541554 nafar (27,7%);
Toshkent - 704 851 kishi (23,8%).
O‘zbekistonda OTMlar va ulardagi talabalar soni qancha ?
Respublikada jami 190 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari (OTM) mavjud bo‘lib, ularda 1 milliondan ortiq talaba tahsil oladi. Eng ko‘p oliy o‘quv yurtlari poytaxtda joylashgan. Toshkentdagi 82 ta oliy o‘quv yurtida 350 mingdan ortiq talaba o‘qiydi. Eng kam oliy o‘quv yurtlari esa Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi. U yerda 21 mingdan ortiq talaba tahsil oladigan 3 ta universitet mavjud.
O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida talabalar soni

Hudud

OTMlar soni

Talabalar soni

(ming nafar)

Toshkent shahri

82

354,0

Samarqand viloyati

15

84,7

Farg‘ona viloyati

11

77,7

Toshkent viloyati

10

60,3

Andijon viloyati

10

58,3

Qoraqalpog‘iston

10

57,5

Qashqadaryo viloyati

9

57,4

Buxoro viloyati

11

54,2

Namangan viloyati

6

52,3

Surxondaryo viloyati

7

50,6

Xorazm viloyati

8

44,6

Jizzax viloyati

5

37,0

Navoiy viloyati

4

30,3

Sirdaryo viloyati

3

21,5

Oilaviy ahvol
Yoshlar orasida turmush qurishning o‘rtacha yoshi 20 yoshdan 30 yoshgacha. Bu yoshda 137 mingdan ortiq ayol va 194 mingdan ortiq erkak oila qurishga qaror qiladi. Biroq, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘g‘il bolalarga qaraganda ko‘proq turmush qurishadi. Shunday qilib, 74 mingdan ortiq qiz 20 yoshgacha turmushga chiqqan bo‘lsa, yigitlarning 2,5 mingga yaqini turmush qurgan.
Yangiliklar lentasi
0