“Bu kunni uzoq kutdim”: Nursulton Ro‘ziboyevning UFCʼdagi ilk jangi qachon bo‘ladi

© Iz lichnogo arxiva Nursultona RuziboyevaNursulton Ruziboyev — uzbekskiy boyes smeshannix boyevix iskusstv, predstavitel sredney vesovoy kategorii.
Nursulton Ruziboyev — uzbekskiy boyes smeshannix boyevix iskusstv, predstavitel sredney vesovoy kategorii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2023
Obuna bo‘lish
Iyun oyida o‘zbekistonlik Nursulton Ro‘ziboyev UFC bilan shartnoma imzoladi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘rta vazn toifasida UFC jangchisiga aylangan Nursulton Ro‘ziboyev 2-iyul tongida ilk jangini o‘tkazadi.
O‘zbekistonlik jangchi Braziliya vakili Bruno Ferreyraga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Jang AQShning Las-Vegas shahridagi "UFC Apex" arenada “UFC Fight Night” turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.
Nursulton Ro‘ziboyev UFCʼdagi debuti oldidan matbuot anjumanida savollarga javob berdi.
“Bu kunni uzoq kutdim. Tayyorgarligim yaxshi. Nasib qilsa, jangda yaxshi harakat qilib, chiroyli g‘alabaga harakat qilamiz”, - deydi u.
Ro‘ziboyevning so‘zlariga ko‘ra, bu jangda g‘alaba qozonsa, yana jang so‘raydi. Tez-tez jang qilishga harakat qiladi.

“Jangim asosiy kardga qo‘yilibdi. Shunga munosib ravishda jang o‘tkazishga harakat qilaman”, - deya xulosa qildi o‘zbekistonlik UFC jangchisi.

Eslatib o‘tamiz, Nursulton Ro‘ziboyevning Bruno Ferreyraga qarshi jangi Toshkent vaqti bilan 2-iyul kuni tonggi soat 04:00 da boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0