https://oz.sputniknews.uz/20230630/lavrov-bayonotlaridan-asosiy-fikrlar-36448398.html
Prigojin isoni, Ukraina bolalari va ZAES: Lavrov brifingidan asosiy fikrlar
Prigojin isoni, Ukraina bolalari va ZAES: Lavrov brifingidan asosiy fikrlar
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan onlayn-brifingda jurnalistlarning savollariga javob berdi.
2023-06-30T18:09+0500
2023-06-30T18:09+0500
2023-06-30T18:56+0500
rossiya
sergey lavrov
jurnalistlar
onlayn-muloqot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1e/36445650_0:24:2907:1659_1920x0_80_0_0_bb636da854910ac482a83f8d17837ab9.jpg
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan onlayn-brifingda jurnalistlarning savollariga javob berdi. Prigojin isoniSergey Lavrov G‘arb rasmiylari "isonga urinish Rossiyaga halokatli ta’sir ko‘rsatdi" degan bayonotlariga javoban bo‘lib o‘tgan voqealarni ayrim kishilar orasidagi "ichki janjal" deb atadi va g‘arbliklar xavotiriga hojat yo‘qligini ma’lum qildi. “Milliy manfaatlarimiz uchun, tashvishga tushganingiz uchun rahmat, lekin bunga hojat yo‘q. ... Xavotiringiz uchun rahmat, lekin biz buni o‘zimiz uddalay olamiz. <...> Rossiya har doim har qanday muammodan kuchliroq, kuchliroq chiqdi. Bu safar ham shunday bo‘ladi. Biz bu jarayon boshlanganini his qilyapmiz", - dedi Lavrov brifingda Don bitimi haqida"... Men bu Qora dengiz tashabbusini davom ettirmoqchi bo‘lganlar qanday dalillarga ega ekanligini tushunmayapman, chunki men aytganimdek, Ukraina doniga anchadan beri tijoratga aylangan", - dedi vazir onlayn brifingda jurnalistlarning savollariga javob berayotib.Kiyev uzoq vaqt davomida Rossiyaning Tolyatti-Odessa ammiak quvurini ishga tushirish shartlariga qarshilik qildi va oxir-oqibat ammiak quvurini portlatib yuborganini esga oldi va Rossiya "Don bitimini" uzaytirishga hech qanday asos ko‘rmayotganini ta’kidladi.G‘arb bilan diplomatik aloqalar haqidaRossiyaga nisbatan “Ukraina qo‘li bilan” urush e’lon qilishdan oldin bo‘lgan darajada G‘arb bilan diplomatik aloqalar hajmini saqlab qolishga zarurat yo‘qligini aytdi.“To‘g‘risini aytsam, men hozir oddiy vaqtlardagidek – G‘arb Ukraina fashistlari rejimi qo‘li orqali bizga urush e’lon qilguniga qadar bo‘lgan darajada diplomatik aloqalarga ehtiyoj sezmayapman”, dedi vazir.G‘arb davlatlari, jumladan, Finlyandiyada Rossiya diplomatik vakolatxonalari sonining qisqarishi haqida gapirar ekan, Lavrov munosabatlarning yomonlashuvining tashabbuskori Rossiya emasligini eslatdi.Ukraina bolalari haqidaMaxsus operatsiya boshlanganidan keyin Rossiya Ukrainadan 300 ga yaqin bolani evakuatsiya qildi va ularni Rossiya Federatsiyasidagi oilalarga joylashtirdi va bu otaliqqa olish asosida emas, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov jurnalistlarga."Gap faqat voyaga yetmaganlarni mojaro hududidan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish haqida bo‘ldi. Bu bolalar muntazam ravishda telereportajlarda ko‘rsatiladi, ular yozgi lagerlarda dam oldilar, ular muntazam o‘z fikrlarini bildiradilar, o‘zlarini qanday his qilayotganlari haqida aytib bermoqdalar", - dedi vazir.Rossiya hududida bo‘lgan ukrainalik bolalarning yaqin qarindoshlariga qaytishlari mumkin, bir necha o‘nlab ukrainalik bolalar allaqachon o‘z qarindoshlari oldiga qaytdi ham, dedi Lavrov.MAGATE va ZAES haqidaMAGATE rahbari Rafael Grossi Zaporojye atom elektr stansiyasini kim o‘qqa tutayotganini juda yaxshi biladi, ammo bu haqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytolmaydi, dedi Lavrov."Rossiya ZAESni "portlatishga" tayyorlanayapti degan bayonotlar g‘irt yolg‘on", - dedi Lavrov."Yadro inshootini o‘zimiz portlatib yuboramiz deyishlari, xo‘p, bunga izoh berish kerakmi, bu shunchaki yolg‘on, dedi vazir onlayn-brifing chog‘ida. —Ukrainaning hozirgi rahbariyatining xatti-harakatlar uslubi, bu har qanday bema’nilikni bugungi kunning eng dolzarb vazifasi deb hisoblaydi va G‘arbdan bu aqldan ozgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni talab qiladi".Rossiya hech qachon tinch aholi nishonlarini o‘qqa tutmaydi“Bizning qurolli kuchlarimiz, maxsus harbiy operatsiyada qatnashayotganlar, ular fuqarolik obyektlariga hujum qilmaydi... Yana bir bor takror aytaman, bizning armiyamiz hech qachon fuqarolik obyektlarini ataylab nishon sifatida tanlamaydi va hech qachon xuddi o‘qqa tutmaydi – hammasi harbiy infratuzilmaga yo‘naltirilgan", - dedi vazir.Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan farqli o‘laroq, ukrainalik harbiy xizmatchilar o‘z jihozlarini turar-joy binolari hovlisiga joylashtiradi va tinch aholi yashaydigan manzillarni o‘qqa tutadi. Rossiya - Afrika sammiti Rossiya-Afrika sammitida ishtirok etuvchi davlatlarning yarmidan ko‘pi G‘arb bosimiga qaramay, eng yuqori darajada vakillarini yuboradigan bo‘ldi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov."Deyarli barcha davlatlar o‘z ishtiroklarini eng yuqori darajada tasdiqladilar - bir yoki o‘nlab emas. Hozir esimda yo‘q, lekin Afrika davlatlarining yarmidan ko‘pi o‘zlarining eng yuqori darajada ishtirok etishlarini tasdiqladilar, garcha ularga surbetlarcha bosim o‘tkazilayotgan bo‘lsa-da”, - dedi vazir brifingda.Ikkinchi sammit va Rossiya-Afrika iqtisodiy forumi 2023-yilning 27-28 iyul kunlari Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi. Rossiya shtablarni yo‘q qilishda davom etadiRossiya Ukraina harbiylari va g‘arb yollanma askarlari to‘planadigan joylarga zarba berishda davom etadi. Ukraina tomonidan fuqarolik obyektlaridan bunday maqsadlarda foydalanish — harbiy jinoyat hisoblanadi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov."Ukraina o‘z harbiylari bilan yollanma askarlar, g‘arb generallari va instruktorlarining har xil uchrashuvlarini o‘tkazish uchun fuqarolik obyektlaridan foydalanayotgani uchun Ukraina aybdor. Agar biz kecha Kramatorskda bo‘lib o‘tgan uchrashuvga o‘xshash uchrashuvlarni topsak, ularni yo‘q qilamiz. "Chunki ular bizga urush e’lon qilgan odamlar. Lekin ukrainaliklar o‘zlarining og‘ir qurollarini joylashtirish uchun doimiy va muntazam ravishda fuqarolik infratuzilmasidan foydalanayotgani uchun men ukrainaliklarni o‘rgatayotgan NATO davlatlaridan bunga e’tibor berishlarini so‘ragan bo‘lardim", - dedi vazir. Lavrovga ko‘ra, fuqaro obyektlaridan harbiy maqsadlarda foydalanish harbiy jinoyat hisoblanadi.G‘arb yana vaqtdan yutmoqchiAQSh davlat kotibi Entoni Blinken shu hafta Ukrainadagi mojaro diplomatik yo‘l bilan yakunlanishini aytdi. Vaholanki u avvalroq (boshqa G‘arb siyosatchilari bilan birga) Rossiyani birinchi navbatda jang maydonida mag‘lub etib, 1991-yilgi chegaralarga surib qo‘yish kerakligini aytgan edi."Bu qandaydir shizofreniya holati, ularning fikricha hamma narsa muzokaralar bilan yakunlanishi kerak, lekin birinchi navbatda Rossiya mag‘lub bo‘lishi kerak. <...> Bunday bo‘lingan shaxsiyat vaziyatni to‘g‘ri boshqarishga yordam bermaydi. Menimcha ular bu mojaroni vaqtincha muzlatishga harakat qilmoqdalar. Qandaydir yo‘l bilan o‘t ochishni to‘xtatish va Ukrainani harbiy jihatdan qayta kuchaytirish, yangi harbiy infratuzilmani yaratish, unga uzoq masofalarga mo‘ljallangan yangi halokatli qurollarni yetkazib berish uchun vaqt ajratish maqsadida”, — dedi Lavrov brifingda.Putinni hibsga olishga orderLavrov Xalqaro jinoiy sudning (XJS) Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan qabul qilgan qarorini absurd deb atadi."Davlat rahbarlarining daxlsizligi xalqaro huquq, tegishli konvensiyalar bilan kafolatlangan. XJK qarorlarida immunitet emas, balki anglo-sakslarning daxlsizligi tuyg‘usi namoyon bo‘ladi. Men tushunishimcha kelib chiqishi pokistonlik bo‘lgan, ammo Britaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan prokurorni, barcha tartib-qoidalarni chetlab o‘tib, Rossiya prezidenti va bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belova qarshi tezlik bilan order qabul qilishga majburlashgan", — dedi vazir jurnalistlarga onlayn brifingda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1e/36445650_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_f17065bcefeee5ed74d61e17dcf0f3e6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya tashqi ishlar vaziri sergey lavrov onlayn-brifing jurnalistlar fikrlar rossiya maxsus operatsiya g‘arb
rossiya tashqi ishlar vaziri sergey lavrov onlayn-brifing jurnalistlar fikrlar rossiya maxsus operatsiya g‘arb
Prigojin isoni, Ukraina bolalari va ZAES: Lavrov brifingidan asosiy fikrlar
18:09 30.06.2023 (yangilandi: 18:56 30.06.2023) G‘arb bilan avvalgidek darajada diplomatik aloqalar hajmini saqlab qolishga zarurat yo‘q, - dedi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan onlayn-brifingda jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Sergey Lavrov G‘arb rasmiylari "isonga urinish Rossiyaga halokatli ta’sir ko‘rsatdi" degan bayonotlariga javoban bo‘lib o‘tgan voqealarni ayrim kishilar orasidagi "ichki janjal" deb atadi va g‘arbliklar xavotiriga hojat yo‘qligini ma’lum qildi.
“Milliy manfaatlarimiz uchun, tashvishga tushganingiz uchun rahmat, lekin bunga hojat yo‘q. ... Xavotiringiz uchun rahmat, lekin biz buni o‘zimiz uddalay olamiz. <...> Rossiya har doim har qanday muammodan kuchliroq, kuchliroq chiqdi. Bu safar ham shunday bo‘ladi. Biz bu jarayon boshlanganini his qilyapmiz", - dedi Lavrov brifingda
"... Men bu Qora dengiz tashabbusini davom ettirmoqchi bo‘lganlar qanday dalillarga ega ekanligini tushunmayapman, chunki men aytganimdek, Ukraina doniga anchadan beri tijoratga aylangan", - dedi vazir onlayn brifingda jurnalistlarning savollariga javob berayotib.
Kiyev uzoq vaqt davomida Rossiyaning Tolyatti-Odessa ammiak quvurini ishga tushirish shartlariga qarshilik qildi va oxir-oqibat ammiak quvurini portlatib yuborganini esga oldi va Rossiya "Don bitimini" uzaytirishga hech qanday asos ko‘rmayotganini ta’kidladi.
G‘arb bilan diplomatik aloqalar haqida
Rossiyaga nisbatan “Ukraina qo‘li bilan” urush e’lon qilishdan oldin bo‘lgan darajada G‘arb bilan diplomatik aloqalar hajmini saqlab qolishga zarurat yo‘qligini aytdi.
“To‘g‘risini aytsam, men hozir oddiy vaqtlardagidek – G‘arb Ukraina fashistlari rejimi qo‘li orqali bizga urush e’lon qilguniga qadar bo‘lgan darajada diplomatik aloqalarga ehtiyoj sezmayapman”, dedi vazir.
G‘arb davlatlari, jumladan, Finlyandiyada Rossiya diplomatik vakolatxonalari sonining qisqarishi haqida gapirar ekan, Lavrov munosabatlarning yomonlashuvining tashabbuskori Rossiya emasligini eslatdi.
Maxsus operatsiya boshlanganidan keyin Rossiya Ukrainadan 300 ga yaqin bolani evakuatsiya qildi va ularni Rossiya Federatsiyasidagi oilalarga joylashtirdi va bu otaliqqa olish asosida emas, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov jurnalistlarga.
"Gap faqat voyaga yetmaganlarni mojaro hududidan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish haqida bo‘ldi. Bu bolalar muntazam ravishda telereportajlarda ko‘rsatiladi, ular yozgi lagerlarda dam oldilar, ular muntazam o‘z fikrlarini bildiradilar, o‘zlarini qanday his qilayotganlari haqida aytib bermoqdalar", - dedi vazir.
Rossiya hududida bo‘lgan ukrainalik bolalarning yaqin qarindoshlariga qaytishlari mumkin, bir necha o‘nlab ukrainalik bolalar allaqachon o‘z qarindoshlari oldiga qaytdi ham, dedi Lavrov.
MAGATE rahbari Rafael Grossi Zaporojye atom elektr stansiyasini kim o‘qqa tutayotganini juda yaxshi biladi, ammo bu haqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytolmaydi, dedi Lavrov.
"Rossiya ZAESni "portlatishga" tayyorlanayapti degan bayonotlar g‘irt yolg‘on", - dedi Lavrov.
"Yadro inshootini o‘zimiz portlatib yuboramiz deyishlari, xo‘p, bunga izoh berish kerakmi, bu shunchaki yolg‘on, dedi vazir onlayn-brifing chog‘ida. —Ukrainaning hozirgi rahbariyatining xatti-harakatlar uslubi, bu har qanday bema’nilikni bugungi kunning eng dolzarb vazifasi deb hisoblaydi va G‘arbdan bu aqldan ozgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni talab qiladi".
Rossiya hech qachon tinch aholi nishonlarini o‘qqa tutmaydi
“Bizning qurolli kuchlarimiz, maxsus harbiy operatsiyada qatnashayotganlar, ular fuqarolik obyektlariga hujum qilmaydi... Yana bir bor takror aytaman, bizning armiyamiz hech qachon fuqarolik obyektlarini ataylab nishon sifatida tanlamaydi va hech qachon xuddi o‘qqa tutmaydi – hammasi harbiy infratuzilmaga yo‘naltirilgan", - dedi vazir.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan farqli o‘laroq, ukrainalik harbiy xizmatchilar o‘z jihozlarini turar-joy binolari hovlisiga joylashtiradi va tinch aholi yashaydigan manzillarni o‘qqa tutadi.
Rossiya-Afrika sammitida ishtirok etuvchi davlatlarning yarmidan ko‘pi G‘arb bosimiga qaramay, eng yuqori darajada vakillarini yuboradigan bo‘ldi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"Deyarli barcha davlatlar o‘z ishtiroklarini eng yuqori darajada tasdiqladilar - bir yoki o‘nlab emas. Hozir esimda yo‘q, lekin Afrika davlatlarining yarmidan ko‘pi o‘zlarining eng yuqori darajada ishtirok etishlarini tasdiqladilar, garcha ularga surbetlarcha bosim o‘tkazilayotgan bo‘lsa-da”, - dedi vazir brifingda.
Ikkinchi sammit va Rossiya-Afrika iqtisodiy forumi 2023-yilning 27-28 iyul kunlari Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi.
Rossiya shtablarni yo‘q qilishda davom etadi
Rossiya Ukraina harbiylari va g‘arb yollanma askarlari to‘planadigan joylarga zarba berishda davom etadi. Ukraina tomonidan fuqarolik obyektlaridan bunday maqsadlarda foydalanish — harbiy jinoyat hisoblanadi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"Ukraina o‘z harbiylari bilan yollanma askarlar, g‘arb generallari va instruktorlarining har xil uchrashuvlarini o‘tkazish uchun fuqarolik obyektlaridan foydalanayotgani uchun Ukraina aybdor. Agar biz kecha Kramatorskda bo‘lib o‘tgan uchrashuvga o‘xshash uchrashuvlarni topsak, ularni yo‘q qilamiz. "Chunki ular bizga urush e’lon qilgan odamlar. Lekin ukrainaliklar o‘zlarining og‘ir qurollarini joylashtirish uchun doimiy va muntazam ravishda fuqarolik infratuzilmasidan foydalanayotgani uchun men ukrainaliklarni o‘rgatayotgan NATO davlatlaridan bunga e’tibor berishlarini so‘ragan bo‘lardim", - dedi vazir.
Lavrovga ko‘ra, fuqaro obyektlaridan harbiy maqsadlarda foydalanish harbiy jinoyat hisoblanadi.
G‘arb yana vaqtdan yutmoqchi
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken shu hafta Ukrainadagi mojaro diplomatik yo‘l bilan yakunlanishini aytdi. Vaholanki u avvalroq (boshqa G‘arb siyosatchilari bilan birga) Rossiyani birinchi navbatda jang maydonida mag‘lub etib, 1991-yilgi chegaralarga surib qo‘yish kerakligini aytgan edi.
"Bu qandaydir shizofreniya holati, ularning fikricha hamma narsa muzokaralar bilan yakunlanishi kerak, lekin birinchi navbatda Rossiya mag‘lub bo‘lishi kerak. <...> Bunday bo‘lingan shaxsiyat vaziyatni to‘g‘ri boshqarishga yordam bermaydi. Menimcha ular bu mojaroni vaqtincha muzlatishga harakat qilmoqdalar. Qandaydir yo‘l bilan o‘t ochishni to‘xtatish va Ukrainani harbiy jihatdan qayta kuchaytirish, yangi harbiy infratuzilmani yaratish, unga uzoq masofalarga mo‘ljallangan yangi halokatli qurollarni yetkazib berish uchun vaqt ajratish maqsadida”, — dedi Lavrov brifingda.
Putinni hibsga olishga order
Lavrov Xalqaro jinoiy sudning (XJS) Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan qabul qilgan qarorini absurd deb atadi.
"Davlat rahbarlarining daxlsizligi xalqaro huquq, tegishli konvensiyalar bilan kafolatlangan. XJK qarorlarida immunitet emas, balki anglo-sakslarning daxlsizligi tuyg‘usi namoyon bo‘ladi. Men tushunishimcha kelib chiqishi pokistonlik bo‘lgan, ammo Britaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan prokurorni, barcha tartib-qoidalarni chetlab o‘tib, Rossiya prezidenti va bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belova qarshi tezlik bilan order qabul qilishga majburlashgan", — dedi vazir jurnalistlarga onlayn brifingda.