Yoshlar kuni munosabati faol yoshlar mukofotlandi — ular kimlar?
© Sputnik / Vladimir Astapkovich
/ Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi 40 ga yaqin yoshlar "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Yoshlar kuni munosabati bilan faol va tashabbuskor yoshlarning bir guruhi mukofotlandi. Bu haqda prezident imzolagan farmonda nazarda tutilgan.
Farmon bilan, 40 ga yaqin yoshlar "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi.
Mukofot turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan mamlakat taraqqiyotiga, uning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, ona Vatanga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan tashabbuskor va yetakchi yoshlarga berildi.
Mukofotlangan yoshlar:
1.
Mambetarova Ulbosin Musatdin qizi – Qo‘ng‘irot tumani "Mingjarg‘an" mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi2.
Niyazimbetov Sherzod Kadirberdiyevich – Nukus tumanidagi "Biogumus" fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi3.
Yo‘ldoshev Raximjon Rafukjon o‘g‘li – Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti agroinjeneriya va gidromelioratsiya fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, Andijon viloyati4.
Ummataliyeva Moxlaroy Zokirjon qizi – Baliqchi tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati5.
Gorev Petr Denisovich – Buxoro shahridagi "Buyuk ipak tekstil" mas’uliyati cheklangan jamiyati dizayneri, Buxoro viloyati6.
Yusupova Chinora Anvar qizi – Vobkent tumanidagi "Chinar Mushroom tomorqa xizmat" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati7.
Nabiqulova Nafisa O‘ktam qizi – "So‘g‘diyona-W" professional futbol klubining ayollar jamoasi futbolchisi, Jizzax viloyati8.
Usmonova Madina Ulug‘bek qizi – Jizzax shahridagi "Grand Super Star" mas’uliyati cheklangan jamiyati kran mashinisti, Jizzax viloyati9.
Mansurova Zarina Anvar qizi – Qarshi tumanidagi 71-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati10.
Xaqberdiyev Abdumannon G‘afurovich – Muborak gazni qayta ishlash zavodining sex operatori, Qashqadaryo viloyati11.
Ravshanova Gulhayo Azamatovna – Navoiy viloyati "Ziyokor" ayollar va yoshlar markazi rahbari12.
Raxmonov Suxrob Yusupovich – Navoiy shahridagi "Bur Kompressor Navoiy" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati13.
Abdullayeva Zamira Muxtorjon qizi – Chortoq tumanidagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati14.
Rafikov Jaxongir Raximjonovich – Namangan shahridagi "Effortless Education Service" nodavlat ta’lim muassasasining "Start-21" o‘quv markazi rahbari, Namangan viloyati15.
Balikova Charos Norbek qizi – Shashka bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi, Samarqand viloyati16.
Maxkamtosheva Marhabo Abduraxmon qizi – Samarqand davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Samarqand viloyati17.
Boqiyeva Feruza Sherali qizi – "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatining "O‘zbekiston" lokomotiv deposi "Afrosiyob" yuqori tezurar elektropoyezdi mashinisti yordamchisi, Sirdaryo viloyati18.
Toshbekov Jo‘rabek Abdumalik o‘g‘li – Sirdaryo tumanidagi "Software-Developers-Group" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati19.
Abdumalikov Umidjon Abdumalik o‘g‘li – Termiz tumanidagi "Surxon Termiz Umid" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati20.
Ochildiyeva Dilnoza O‘tkir qizi – Qiziriq tumanidagi "Barkamol avlod" bolalar maktabi to‘garak rahbari, Surxondaryo viloyati21.
Abdullayev Ruslan Anvar o‘g‘li – Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Toshkent viloyati22.
Qiyomova Marjona Murodxo‘ja qizi – Parkent tumanidagi "Kumushkon" kutubxonasi rahbari, Toshkent viloyati23.
Ibroximov Jaxongirmirzo Ulug‘bek o‘g‘li – Marg‘ilon shahridagi "Muhandisona" mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Farg‘ona viloyati24.
Turg‘unova Nodiraxon Abduraxim qizi – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 1-bosqich magistranti, Farg‘ona viloyati25.
Qalandarov Shohruhbek Mirzabek o‘g‘li – Xonqa tumanidagi "Xonqa chorva kapital" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati26.
Masharipova Guli Ra’no Ozodovna – "Edu Action" IELTS test markazining Xorazm viloyati bo‘yicha bosh koordinatori27.
Achilova Diyora Alisherovna – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining xalqaro fakulteti yoshlar yetakchisi28.
Umirzakov Shahzod Baxtiyor o‘g‘li – Yunusobod tumanidagi "Tass Vision" mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri29.
Asqaraliyeva Mahliyoxon Akmaljon qizi – O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi30.
Jo‘raqulova Marjona Sadriddin qizi – O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining "Qizlar ovozi" klubi rahbari31.
Ikromova Taxmina Izatulloyevna – Gimnastika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha sportchisi32.
Kadirov Azamat Azizovich – "Uzbekistan airways" aksiyadorlik jamiyatining Parvozlar xavfsizligi va sifat ta’minoti boshqarmasi "A-320" havo kemasi uchuvchi-noziri33.
Muxsumov Javlonbek Xusniddin o‘g‘li – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning xalqaro olimpiada zaxiralari markazi o‘qituvchisi34.
Raxmonova Nargizaxon Baxtiyorjon qizi – O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansambli artisti35.
Safarov Xudoynazar Sunnat o‘g‘li – "O‘zbekgeologiyaqidiruv" aksiyadorlik jamiyatining Zarafshon dala geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi yer osti ishlari geologi36.
Usmanova Maftuna Anvarovna – Toshkent shahridagi "Sharoit plyus" nogironlar jamoat birlashmasining loyihalar koordinatori37.
Xamroyev Sardorbek Islom o‘g‘li – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi38.
Elmurodova Nigina Baxtiyor qizi – Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining buyrak transplantatsiyasi va reabilitatsiyasi bo‘limi jarrohiEslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga yo‘llagan tabrigida hozirgi murakkab zamondagi keskin raqobatga tayyor bo‘lib voyaga yetayotgan yoshlar har qanday baland marrani egallashga qodir ekanligi ma’lum qilingandi.
Bugun 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar avtobuslardan bepul foydalanishlari va shahardagi ushbu sanaga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin.