Ukrainani NATOga jalb qilish mojaroning keskinlashishiga olib keladi – Rossiya TIV

© Sputnik / Anton DenisovRossiya TIV binosi, arxiv surat
Rossiya TIV binosi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2023
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, Kiyevga NATOga a’zolik va’da qilinishi Kiyev rejimida “agressiv muomala" yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Kiyevni NATOga jalb qilish mojaroning keskinlashishiga olib keladi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Parijning Ukrainaning alyansga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlash rejalariga munosabat bildirayotib, ma’lum qildi.
Avvalroq “Le Monde” gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda Fransiya hukumati Ukrainaning NATOga qo‘shishish variantini mustaqil xavfsizlik kafolati sifatida ko‘rayotganini xabar qilgan edi.
“Agar Parij haqiqatdan ham Ukrainani muzokaralar stoliga o‘tqazishni istaganida, u Kiyevni NATOga tortish orqali mojaroni keskinlashtirish emas, balki Zelenskiy rejimi va uning Vashington va Londondan bo‘lgan kuratorlariga bosim o‘tkazish borasida ish ko‘rsa bo‘lardi”, - deya ma’lum qilgan vazirlik RIA Novostiga.
Rossiya TIV Ukrainadagi mojaro bo‘yicha muzokaralar jarayonining Kiyev rejimi tomonidan rad etilishi uchun javobgarlik to‘liq uning g‘arblik kuratorlari zimmasida ekanini alohida ta’kidlagan.
“Kiyev ularning (g‘arblik kuratorlar – tahr.) ko‘rsatmasiga binoan Ukrainadagi vaziyatni izga solish borasida Rossiya bilan muloqotni davom ettirishdan bosh tortdi”, - deya eslatgan vazirlik.
Qayd etilishicha, Kiyevga NATOga a’zolik va’da qilinishi Kiyev rejimida “agressiv muomala" yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
“2008 yilda Gruziyada bo‘lganidek, Kiyevda ham u muammolarni harbiy yo‘l bilan hal etishi mumkinligi xususida xomxayollar paydo bo‘la boshladi”, - deya ta’kidlagan Rossiya TIV.
G‘arb davlatlari nafaqat bu xomxayollarni bajonidil ruhlantirgan, balki Kiyev hukumati Minsk kelishuvlarini bajarishdan jazosiz bo‘yin tovlash va “harbiy yo‘l bilan hal etishga” tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini olish uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni ham qilishgan.

“Donbassda odamlar o‘ldirishini to‘xtatish, voqealarning bunday rivojlanishining oldini olish uchun biz maxsus harbiy operatsiyani boshlashga majbur bo‘ldik. Uning maqsadlari orasida Ukrainani qurolsizlantirish (demilitarizatsiya) hamda biror bir harbiy ittifoqqa ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaydigan uning betaraf maqomini belgilash o‘rin olgan”, - deyilgan xabarda.

Rossiya TIV bu maqsadlar muhim xususiyatga ega ekanligi va ularga erishilishini xulosa qilgan.
Rossiya so‘nggi yillarda NATO uning g‘arbiy chegaralarida faollikni o‘ta kuchaytirganini ma’lum qilib keladi. Moskva bu borada bir necha bor xavotir bildirgan.
Avvalroq Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev maxsus operatsiyani NATOning uzluksiz kengayishiga Rossiya javobi deb atagan edi va Ukrainani NATOga qabul qilish oqibatlaridan ogohlantirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0