Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
10:28 29.06.2023 (yangilandi: 11:08 29.06.2023)

© Fotolia / Petrovich12
Obuna bo‘lish
Tojikistonda sodir bo‘lgan 5 balli zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Bugun, 29-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:58 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi, deya xabar berdi FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Zilzila koordinatalari: 37,35 gradus shimoliy kenglik; 71,52 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,1. Chuqurlik 139 km. Zilzila episentri Toshkentdan 478 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
So‘x tumanida 2 ball, 301 km;
Uzun tumanida 2 ball, 307 km;
Farg‘ona tumanida 2 ball, 328 km;
Quvasoy shahrida 2 ball, 329 km;
Sho‘rchi tumanida 2 ball, 329 km;
Rishton tumanida 2 ball, 336 km;
O‘zbekiston tumanida 2 ball, 337 km;
Farg‘ona shahrida 2 ball, 338 km;
Denov tumanida 2 ball, 342 km.