https://oz.sputniknews.uz/20230629/samarqand-xitoy-qon-preparatlari-36406574.html
Samarqandda Xitoy bilan hamkorlikda qon preparatlari ishlab chiqariladi
Samarqandda Xitoy bilan hamkorlikda qon preparatlari ishlab chiqariladi
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyoda yagona bo‘lishi kutilayotgan farmatsevtika zavodi Samarqandda 15 gektar maydonda qad rostlaydi.
2023-06-29T12:29+0500
2023-06-29T12:29+0500
2023-06-29T12:32+0500
jamiyat
o‘zbekiston
xitoy
samarqand
zavod
dori
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1d/36406665_0:0:1278:719_1920x0_80_0_0_9e76ea8af64d4aa6ded43d5c1d24505b.jpg
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Samarqandda Xitoy bilan hamkorlikda qon preparatlari ishlab chiqariladi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.Joriy yilning 27-iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Xitoyning “Xindeyuan Bioengineering” kompaniyasi vakillari bilan shu masalada muzokara o‘tkazildi. O‘zbekiston prezidentining tegishli qaroriga muvofiq mamlakatda gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish uchun 128 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishlarda qo‘llaniladigan 67 turdagi dori vositalari va reagentlar O‘zbekistonga asosan chetdan keltirilmoqda.Ta’kidlanishicha, qon preparatlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan, Markaziy Osiyoda yagona bo‘lishi kutilayotgan farmatsevtika zavodi Samarqandda 15 gektar maydonda qad rostlaydi. Zavod aholining bunday preparatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali import hajmini kamayishiga xizmat qiladi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1d/36406665_279:116:976:639_1920x0_80_0_0_aaa6287fc1f156f2a4b41bde2c3a2da3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
samarqand xitoy qon preparatlari
samarqand xitoy qon preparatlari
Samarqandda Xitoy bilan hamkorlikda qon preparatlari ishlab chiqariladi
12:29 29.06.2023 (yangilandi: 12:32 29.06.2023) Markaziy Osiyoda yagona bo‘lishi kutilayotgan farmatsevtika zavodi Samarqandda 15 gektar maydonda qad rostlaydi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Samarqandda Xitoy bilan hamkorlikda qon preparatlari ishlab chiqariladi, deya
xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Joriy yilning 27-iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Xitoyning “Xindeyuan Bioengineering” kompaniyasi vakillari bilan shu masalada muzokara o‘tkazildi.
Unda Samarqand viloyati “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 250 million dollarlik investitsiyaviy loyihani amalga oshirish borasida muhim kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston prezidentining tegishli qaroriga muvofiq mamlakatda gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish uchun 128 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishlarda qo‘llaniladigan 67 turdagi dori vositalari va reagentlar O‘zbekistonga asosan chetdan keltirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, qon preparatlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan, Markaziy Osiyoda yagona bo‘lishi kutilayotgan farmatsevtika zavodi Samarqandda 15 gektar maydonda qad rostlaydi. Zavod aholining bunday preparatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali import hajmini kamayishiga xizmat qiladi.