Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiyaning mashhur mina tozalovchi quroli “Ilon Gorinich” qanday ishlaydi?

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishUR-77 "Meteorit" yoki "Ilon Gorinich"
UR-77 Meteorit yoki Ilon Gorinich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyaning samarali qurollari va malakali harbiy mutaxassislari maxsus operatsiya doirasida Ukrainaga olib kelingan NATO qurollariga imkon qoldirmayapti.
Maxsus operatsiya zonasida Rossiyada ishlab chiqarilgan yuqori aniqlikdagi raketalar va zarba beruvchi uchuvchisiz apparatlar bilan bir qatorda, minalardan tozalaydigan noyob “Zmey Gorinich” hamda “Zemledelie” masofaviy minalash tizimlari yuqori samaradorlikni namoyish etib kelmoqda. Muhandis qo‘shinlarning mukammal texnikalari moslashuvchan mudofaani tashkillashtirish va jadal hujumga o‘tish imkoniyatini beradi.

Rossiya harbiy markaziy okrugi bo‘linmalari 27-iyun kuni Ukraina Qurolli kuchlari tayyorlagan mina maydonlarini tezkorlik bilan kesib o‘tishdi va dushmanning Krasniy Liman yo‘nalishidagi tayanch punktlarini yo‘q qilishdi. “Ilon Gorinich” laqabli UR-77 o‘ziyurar minadan tozalash reaktiv tizimi yorug‘lik va ovoz effektlari tufayli RF Qurolli kuchlari shaxsiy tarkibini yo‘qotmasdan jang maydonida muvaffaqiyat qozonishga yordam berdi.

Rossiyaning UR-77 o‘rnatmalaridan maxsus operatsiya zonasida faol foydalanilmoqda va u dunyoda eng yaxshilaridan hisoblanadi. “Ilon Gorinich” uch daqiqa ichida bir zalp bilan dushmanning mina maydonida uzunligi 100 metr va kengligi 6-14 metrlik o‘tish chizig‘ini yarata oladi.
© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka o‘tishUR-77 "Meteorit" yoki "Ilon Gorinich" raketasi portlovchi zaradni tortib ketmoqda
Taktiko-spetsialnie ucheniya Baltiyskogo flota - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2023
UR-77 "Meteorit" yoki "Ilon Gorinich" raketasi portlovchi zaradni tortib ketmoqda

Boshqa tomondan, Zaporojye va Janubiy Donesk yo‘nalishlarida Rossiya qo‘shinlariga “Zemledelie” mina joylashtirish yangi qurilmasining so‘nggi konstruksiyasidan foydalangan holda 5-15 kilometr masofada masofadan yangilangan kuchli mina chegaralari orqali UQK hujumlarini qaytarishga yordam beradi.

Kecha UQKning 47-mexanizatsiyalashgan brigadasi elitasining (NATO standartlari bo‘yicha tayyorlangan) hujumi haqida e’lon qilingan tasvirlar minalangan maydonda harbiy texnikaning to‘qnashuvi bilan tugaganiga ishonch hosil qilish imkonini beradi. Ukraina jangchilari portlab ketgan mashinalarni tark etganda, piyodalarga qarshi minalar ishlab ketdi - bu maydonda juda ko‘p oyoqlar qoldi. Va bu yerda, “Zemledeliye”ning hissasi ham bo‘lishi mumkin.
© Sputnik / Vitaliy AnkovUR-77 "Meteorit" yoki "Ilon Gorinich" raketasi portlovchi zaradni tortib ketmoqda
UR-77 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2023
UR-77 "Meteorit" yoki "Ilon Gorinich" raketasi portlovchi zaradni tortib ketmoqda
Amerikaning "The Drive" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida qisqa vaqt ichida Kiyevga yetkazib berilgan jami 109 ta "Bradley" jangovar mashinalaridan 24 tasi yo‘q qilingan, shikastlangan va tashlab ketilgan. Haqiqatda esa vaziyat AQSh Harbiy sanoat kompleksi va Pentagon uchun yanada fojiaviy tus olib bormoqda. “Qarshi hujumi”ning uch haftasida UQK 259 ta tank, 780 zirhli mashina (Amerikada ishlab chiqarilgan texnika bilan birgalikda), va 14 ming askarni yo‘qotdi.

Rossiyaning minalashtirilgan chegaralari tunu-kun samarali faoliyat yuritmoqda – 28-iyun kechasining o‘zida Zaporojye yo‘nalishida uchta tank va uchta jangovar piyoda mashinalari yakson qilindi. Pentagon “yirik mina maydonlari”da UQKning bunchalik katta falokatli yo‘qotishlarini hisobga olmagan. Eslatib o‘taman, maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon dushman 10395 ta tank va boshqa zirhli mashinalaridan ayrildi.

Ishonchli “Ilon Gorinich”

Qudratli “Ilon” UR-77 “Gvozdika” 2S1 o‘ziyurar gaubitsasi asosida yasalgan zirhli korpusga ega bo‘lib, ustiga ikkita ishga tushirish moslamasi qo‘yilgan, unda portlovchi moddalardan tashkil topgan qalin arqon halqasimon o‘ralgan. O‘q uzilganda maxsus raketa egiluvchan paketdagi 725 kg plastidni mina maydonining belgilangan joyiga aniq yotqizadi. Portlash sodir bo‘lganda, maydonda o‘rnatilgan minalar ham portlab ketadi va askarlar va harbiy texnika uchun xavfsiz yo‘lak ochiladi. Muvaffaqiyatli konsepsiya va ishonchli mexanizmga ega “Ilon Gorinich” hech qachon jangovar sharoitlarda muvaffaqiyatsizlikka uchramagan.
© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishUR-77 "Meteorit" yoki "Ilon Gorinich" portlovchi zaradi
Razminirovanie territorii kombinata Azovstal v Mariupole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2023
UR-77 "Meteorit" yoki "Ilon Gorinich" portlovchi zaradi

Belgilangan vaqtda mashina front chizig‘ida pozitsiyani egallab oladi va 10 metr balandlikda uchadigan “ilon”ni ishga tushiradi. Zaradning “dumini” mashinaga bog‘laydigan tormoz arqonini tortgandan so‘ng, mexanik-haydovchi orqaga qaytadi. Zarad mina maydonida tekislanadi, kabeldagi komandir-operator (tormoz arqonining ichida) “ilon”ni yorib o‘tadi. O‘tish joyi tayyor. Uzunligi 100 m, tankga qarshi maydondagi xavfsiz yo‘lakning kengligi 6 m, kengligi 14 m gacha bo‘lgan yo‘lakda piyodalarga qarshi minalar yo‘q qilinadi. Xuddi shu koridorda dushman ishchi kuchini yo‘q qilish ham mumkin.

Minalardan tozalash tizimini o‘rnatish xavfsiz va ishga tushirishda oson. Zirhli korpus va izli baza UR-77 ga tezda dushman bilan to‘qnashuv chizig‘iga o‘tishga imkon beradi, zudlik bilan zirhli texnika va piyodalar uchun o‘tish joyini yaratadi. Shunga qaramay, “Ilon Gorinich” ekipaji (mexanik-haydovchi va komandir-operator) hatto mashinadan tushmaydi. UR-77 motoo‘qchi va tank polklari bilan xizmat qiladi, janglarda ular qism komandirining rejasiga muvofiq foydalaniladi.

Amerikaliklarda unga muqobil ravishda M58 minalardan tozalash zaradi bor, u muhandislik mashinalari yoki pritsepida joylashtiriladi. Qattiq yoqilg‘ili raketa C4 bilan to‘ldirilgan egiluvchan polietilen shlangni tortadi. Nazariy jihatdan, portlash xuddi shunday natijani berishi kerak (mina maydonida yuz metrlik koridor), ammo Amerika tizimi jangovar sharoitlarda ishonchsiz ekanligini isbotladi va portlovchi moddalar hamda ekipaj dushman o‘qlaridan himoyalanmagan. Konstruksiyasi ham juda xavfli.

Shafqatsiz “Zemledelie”

Sayyoraning ko‘plab olovli nuqtalarida tekshirilgan “Zmey Gorinich”dan farqli o‘laroq “Zemledelie” masofaviy minalash muhandislik mashinalari mahsus operatsiya zonalarida faol foydalana boshlandi. Iyun oyi boshida butun dunyo UQK NATO texnikasining butun ustunlari – “Leopardlar”, “Bredlilar”, minalardan tozalash mashinalari - Rossiya muhandislik qo‘shinlari tomonidan “ishlab chiqarilgan” minalangan maydonlarda portlash natijalari aks etgan fotosurat va videoni ko‘rdi.
“Zemledelie” masofadan mina o‘rnatish muhandislik texnikasi reaktiv zalp olovli sistema prinsipi bo‘yicha ishlaydi. Jangovar mashinada 122 mm kalibrli 50 ta yo‘naltiruvchilar bor. Reaktiv snaradlar ma’lum bir hududda (bir nechta futbol maydonlari) minalarni tarqatadi, har qanday murakkablikdagi mina maydonini, shu jumladan, o‘z qo‘shinlari uchun tayyor o‘tish joylarini tashkil qiladi. Razvedka bilan hamkorlikda bir nechta “Zemledelie” qurilmalari dushmanning keng jabhada, istalgan yo‘nalishda hujumini tezda to‘xtata oladi (ilgari minalangan maydonlar bo‘lmagan bo‘lsada).
“Zemledeliye”ning o‘q-dorilar spektri piyodaga qarshi, tankka qarshi yoki kombinatsiyalashgan mina maydonlarini shakllantirib berishi mumkin. Piyodalarga qarshi qadamlarni elektron aniqlashtiradigan va seysmodatchiklarga ega POM-3 minalaridan (piyodaga qarshi parchalangan mina) foydalaniladi. Yerda diametri 6 sm va balandligi 18 sm bo‘lgan silindr vertikal bo‘lib, o‘zi yuqoriga harakatlanadi, silindrdan yuki bo‘lgan ultra yupqa iplar uchib chiqadi. Agar bu ipga tegilsa, mina yuqoriga ko‘tariladi, parvoz paytida portlaydi va dushmanni parchalar bilan yo‘q qiladi. O‘q-dorilarning elektron “miyasi” hayvonlar va odamlarni ajrata oladi va faqat dushman tomonga faollashtiriladi.
Undan ham kam bo‘lmagan PMT-4M yaqin atrofda tank yoki boshqa texnika yaqinlashib kelayotganda magnit bezovtalikni ilg‘aydi. Faqat og‘ir bronetexnikaga reaksiya bildiradi. Qolaversa, bu o‘q-dorini minalardan tozalash imkonsiz. Agar joyidan qo‘zg‘atilsa, portlaydi (trotil ekvivalentda 1,5 kg). Zarur bo‘lganda, tankka qarshi PTM-4M ning miyasiga o‘zini o‘zi zararsizlantirish vaqti ko‘rsatiladi.
Albatta, AQSh va NATO mutaxassislari Rossiyaning mina maydonlari va o‘q-dorilarining texnologik mukammalligidan ancha tashvishlangan. Shu sababli faqatgina “Bredli”larni qo‘shish va UQK tirik kuchlariga “qarshi hujum”da o‘zini halok qilishni taklif qila oladi xolos.
Yangiliklar lentasi
0