O‘zbekiston 5 oyda 3 mingdan ortiq elektromobil import qildi

© Depositphotos.com / MiflippoElektromobil na podzaradke
Elektromobil na podzaradke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2023
Obuna bo‘lish
Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 846 taga oshgan.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-may oylarida 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 120 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 3 816 dona elektromobil import qildi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 846 taga oshgan.
O‘zbekiston joriy yilning aprel oyida xorijiy davlatlardan 876 dona elektromobil import qilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2022-yilda xorijdan qiymati 69,8 million dollarga teng bo‘lgan 2 180 dona elektromobil import qilgan.
Yangiliklar lentasi
0