https://oz.sputniknews.uz/20230629/ozbek-travmatologlari-tajriba-xalqaro-mutaxassislar-36401784.html
O‘zbek travmatologlari tajribasi xalqaro mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otdi
O‘zbek travmatologlari tajribasi xalqaro mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning Qozon shahrida Yevroosiyo ortopediya forumi bo‘lib o‘tdi.
2023-06-29T08:29+0500
2023-06-29T08:29+0500
2023-06-29T17:16+0500
rossiya
o‘zbekiston
forum
salomatlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1d/36419011_79:0:1135:594_1920x0_80_0_0_da15be5df80fee34e2fcc152cfae5cad.jpg
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Rossiyaning Qozon shahrida 70 ta davlatdan borgan 7 mingdan ortiq delegatlar ishtirokida Yevroosiyo ortopediya forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Tadbir onlayn va offlayn formatda tashkil etildi. Unda O‘zbekistondan Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 9 nafar hamda mamlakatdagi boshqa tibbiyot va ta’lim muassasalarining 6 nafar mutaxassisi qatnashdi. Ta’kidlanishicha, tizza va son-chanoq bo‘g‘imi patologiyalari, umurtqa va yelka bo‘g‘imlari kasalliklarini zamonaviy usullarda muolaja qilish, bolalarda tug‘ma anomaliyalarni tashxislash hamda davolash bilan bog‘liq O‘zbekiston tajribasi qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi vakillari 9 ta yo‘nalish bo‘yicha mahorat darslarida qatnashib, eng ilg‘or tibbiy texnika hamda operatsiya usullari bilan yaqindan tanishdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1d/36419011_209:11:921:545_1920x0_80_0_0_470bfb5a0602677bb816fb2b28b284db.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbek travmatologlari xalqaro mutaxassislar
o‘zbek travmatologlari xalqaro mutaxassislar
O‘zbek travmatologlari tajribasi xalqaro mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otdi
08:29 29.06.2023 (yangilandi: 17:16 29.06.2023) Rossiyaning Qozon shahrida Yevroosiyo ortopediya forumi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Rossiyaning Qozon shahrida 70 ta davlatdan borgan 7 mingdan ortiq delegatlar ishtirokida Yevroosiyo ortopediya forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Tadbir onlayn va offlayn formatda tashkil etildi. Unda O‘zbekistondan Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 9 nafar hamda mamlakatdagi boshqa tibbiyot va ta’lim muassasalarining 6 nafar mutaxassisi qatnashdi.
Travmatologiya va ortopediya sohasiga doir dolzarb masalalar muhokama qilingan anjuman doirasidagi 15 ta seksiya yig‘ilishlarida markaz mutaxassislari 20 ta ma’ruza bilan chiqish qildi.
Ta’kidlanishicha, tizza va son-chanoq bo‘g‘imi patologiyalari, umurtqa va yelka bo‘g‘imlari kasalliklarini zamonaviy usullarda muolaja qilish, bolalarda tug‘ma anomaliyalarni tashxislash hamda davolash bilan bog‘liq O‘zbekiston tajribasi qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi vakillari 9 ta yo‘nalish bo‘yicha mahorat darslarida qatnashib, eng ilg‘or tibbiy texnika hamda operatsiya usullari bilan yaqindan tanishdi.