Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2023
Obuna bo‘lish
Shuningdek, barcha darajalarda samarali muloqotlar, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashgani ta’kidlandi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh turkman xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Uning bugungi Turkmanistonni rivojlantirish, ikki mamlakat o‘rtasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shayotgan salmoqli hissasi alohida qayd etildi.
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari Qurbon hayiti bilan bir-birini tabrikladi. O‘zbekiston prezidenti yangi Arqadag‘ shahri rasman ochilgani munosabati bilan ham Gurbanguli Berdimuhamedovni qutladi.
Telefon muloqoti chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida savdo, investitsiyalar, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va transport sohalarida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Barcha darajalarda samarali muloqotlar, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashgani ta’kidlandi.
Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0