Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 29-iyunning asosiy voqealari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishRabota vertoleta Ka-52 gruppirovki "Yug" na Artemovskom napravlenii
Rabota vertoleta Ka-52 gruppirovki Yug na Artemovskom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi maxsus harbiy operatsiya rejalari va maqsadlariga muvofiq Ukraina Qurolli kuchlari va yollanma askarlarni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi 29-iyun hisoboti:

Kun davomida Ukraina qurolli kuchlari Donesk, Krasniy Liman va Janubiy Donesk yo‘nalishlarida hujum amaliyotlarini davom ettirdi.
Donesk yo‘nalishida LXRning Belogorovka va Donetsk Xalq Respublikasining Tonenkoe aholi punktlari hududlarida "Janubiy" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalarining malakali va jasoratli harakatlari bilan dushmanning to‘rtta hujumi muvaffaqiyatli qaytarildi. UQK yo‘qotishlari 530 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgan va yaralangan, bitta tank, ikkita BMP, beshta transport vositasi, shuningdek, "Msta-B" va "D-20" gaubitsalarini tashkil qildi.
Shuningdek, DXRning Vemka aholi punkti yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 54-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi LXRning Nevskoe, Kremennaya va Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining 21, 42 va 67 mexanizatsiyalashgan brigadalari bo‘linmalariga zarba berishi natijasida 65 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita pikap, ikkita "D-30" gaubitsasi va ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi yo‘q qilindi.
LXRning Kuzmino aholi punkti hududida Ukraina qo‘poruvchilik va razvedka guruhining faoliyati to‘xtatildi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida, Vremevskiy bo‘rtig‘i hududida, "Sharq" kuchlar guruhi DXRning Staromayorskoe posolkasi hududida Ukraina Qurolli Kuchlari bo‘linmalari hujumni qaytardi.
Zaporoje yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari Zaporoje viloyati, Lugovskoe posolkasi hududida Ukrainaning 106-hududiy mudofaa brigadasi ishchi kuchi va texnikasi to‘plangan joyga zarba berdi. Ushbu hududda dushman 135 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashinasi, to‘rtta transport vositasi, uchta D-20, "Msta-B" va D-30 gaubitsalari, shuningdek, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya qurollari yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Sinkovka va Krasnoe Pervoe aholi punktlari hududlarida UQKning 25 dan ortiq harbiy xizmatchilari, uchta avtomashinasi, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi, D-30 gaubitsasi va Grad reaktiv tizimi jangovar mashinasini yo‘q qilishdi.
Xerson yo‘nalishida zarbalar natijasida 40 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, oltita texnika va Msta-B gaubitsasi yo‘q qilindi. Kiziomis posolkasi hududida 123-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 102 ta tumanda joylashgan 85 ta artilleriya bo‘linmalari pozitsiyalari, ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
DXRdagi Vemka aholi punkti yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 10-tog‘li hujum brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Xarkov viloyatining Vasilsovka va DXRning Peschanoe aholi punktlari hududlarida AQShda ishlab chiqarilgan ikkita AN/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radari stansiyalari yo‘q qilindi.
Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, 27 iyun kuni DXRning Kramatorsk shahrida Ukraina Qurolli Kuchlarining 56-alohida motoo‘qchish brigadasi vaqtincha joylashtiriladigan punktga berilgan aniq zarba natijasida Ukraina qurolli kuchlarining ikki nafar generali, 50 nafargacha ofitserlari, shuningdek, 20 nafargacha xorijiy yollanma askarlar va harbiy maslahatchilar yo‘q qilingan.
Havo mudofaa tizimlari tomonidan so‘nggi sutka davomida ikkita HIMARS raketa-tashuvchisini, shuningdek, HARM radarga qarshi raketasini tutib oldi. Bundan tashqari, Xarkov viloyatining Ivanovka, DXRning Volodino, Yevgenovka, LXRning Golikovo va Xerson viloyatining Novaya Zburevka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 11ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan Ukraina Qurolli kuchlari jami yo‘qotishlari: 444 ta samolyot, 240 ta vertolot, 4823 ta uchuvchisiz uchish apparati, 426 ta zenit-raketa tizimi, 10 402 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1133 ta yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimlari jangovar texnikasi, 5269 ta dala artilleriya va minomotlari hamda 11276 ta maxsus harbiy avtomobil.
Yangiliklar lentasi
0