Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Faqat biznes: AQShning mo‘’jizaviy quroli Ukrainada ish bermadi

© AP Photo / LibkosUkrain askarlari, arxiv surat
Ukrain askarlari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2023
Obuna bo‘lish
G‘arb, nashrlariga ko‘ra, Ukrainadagi mojaro G‘arb texnikasi uchun "mutlaq sinov maydoni va qimmatbaho axborot manbai" ekan. Unda har kuni qurbon bo‘layotgan minglab ukrain askarlari tajriba quyonchalarimi?
Ukraina Qurolli kuchlarining "qarshi hujumi" davomida G‘arb texnikasining ko‘p sonli yo‘qotishlarini hatto G‘arbda ham sezmaslikning iloji bo‘lmadi. "The National Interest" oxir-oqibat shundoq ham aniq bo‘lgan faktlarni qayd etib "Siz nimani xohladingiz?!" qabilida oqlovchi maqola chop etdi.
Maqolarining asosiy mazmuni — "Amerika harbiy texnikasi Ukraina armiyasi uchun juda xavfli va noqulay" bo‘lib chiqdi. G‘arb tomoshabinlariga uzoq vaqt davomida maqtalgan Amerikaning "zabt etuvchi" qurollari" aslida butunlay yaroqsiz ekan. Masalan, "jangovar sinovdan o‘tgan va buzilmaydigan" "Abrams" tanklari, Ukrainada umuman jang qila olmaydi. Chunki og‘irligi tufayli ular Ukraina loyiga botib qoladi, ularning ostida ko‘priklar vayron bo‘ladi, Ukrainada ular uchun yoqilg‘i yo‘q (aviatsiya benzini) va dala va jangovar sharoitlarda ularni ta’mirlash ham o‘ta mushkul. Masalan, shikastlangan optikani almashtirish uchun "Abrams"ni deyarli gusenitsasigacha demontaj qilish va butun elektron uskunalarini almashtirish kerak. Bundan tashqari, buni faqat qahva mashinalari bo‘lgan maxsus Yevropa omborlarida amalga oshirish mumkin va "Abrams"ning o‘zini ta’mirlash G‘arb mutaxassislari orasida ochiqchasiga "yerdagi do‘zax" deb ataladi.
"Abrams"lardan farqli o‘laroq, Amerikaning "Strayker" zirhli transportori allaqachon qarshi hujumda ishtirok etgan va Ukraina Qurolli kuchlarining boshqa zirhli texnikalari kabi yonishga ham ulgurgan. Ammo, maqolada yozilishiga ko‘ra, gap bizning askarlarimizning mahoratida emas ekan. Maqola mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, "Strayker"ning o‘zi "o‘lim tuzog‘i" hisoblanar ekan. Uning ko‘plab tug‘ma muammolari bor ekan- zaif va noto‘g‘ri zirhlanish, g‘ildirak ostidan otilgan loy dvigatelga tushishi, ishlamaydigan buyruq monitorlari xavfsizlik kamarlari. Aytishlaricha, "Strayker" ag‘darilsa, uning ichidagi hamma narsa aralash-quralash (kasha) bo‘lib ketar ekan.
Bunga osongina ishonish mumkin: Patrushev Xavfsizlik Kengashining yaqinda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Vladimir Putinga ma’lum qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 4-iyundan 21-iyunga qadar Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainadagi mingga yaqin piyoda askarlarning jangovar mashinalari, bronetransportorlari va zirhli transport vositalarini yo‘q qilgan. Ukraina Qurolli kuchlarining zirhli transport vositalari, ularning yarmiga yaqini G‘arbiy "mo‘’jizaviy mashinalar" Stryker", "Bradley", "Marder", "MaxxPro", "Humvee" va M113 lardir.
Qarshi hujumda ishtirok etgan "dunyodagi eng yaxshi tanklardan biri Leopard 2"ning ham anchasi yondi. Patrushevning so‘zlariga ko‘ra - 13, Kiyev tomonidagi manbalarga ko‘ra ular 40 ga yaqin yo‘qotilgan. Yana "dunyodagi eng yaxshi qurollarlar biri" nemis PzH 2000 o‘ziyurar to‘pi va o‘nlab Amerikaning M777 gaubitsalari. Bu mo‘jizaviy qurollar o‘nlab snarad otilganidan so‘ng ishdan chiqar ekan.
Umuman aytganda, maxsus operatsiya G‘arbning maqtovi ketgan va "dunyoda eng zo‘r" qurollari haqidagi afsonalarning puchga chiqardi. Dastlab Ukraina askarlari "sig‘ingan" Javelin granatomotlari g‘arb OAVlarining birinchi sahifalaridan yo‘q bo‘ldi. Keyin "rus radarlarini yo‘q qiluvchisi" deyilgan "Switchblade 300" dronlari va "Stinger" dronlari va boshqa og‘iz ko‘pirtirib maqtalgan mo‘’jizaviy qurollar ham og‘izdan qoldi.
Eng kamtarin hisob-kitoblarga ko‘ra, biz Kiyevga yetkazib berilgan barcha G‘arb qurollarining kamida uchdan bir qismini yo‘q qildik va bugungi kunda Rossiya harbiy sanoati jami G‘arb davlatlaridan ko‘ra 5-7 baravar ko‘proq o‘q-dorilarni ishlab chiqarmoqda. Demak biz Ukrainaga yetkazib berilayotgan hamma narsani "yumshoq suflega" aylantira olishini anglatadi.

Eng qizig‘i, Kiyev rejimining g‘arbiy kuratorlari ular yetkazib berayotgan jihozlarini nima kutayotganini yaxshi bilishadi. Shu o‘rinda o‘z o‘zidan savol tug‘iladi: nega ular Kiyevga yo‘q qilinishi kafolatlangan qurol-aslahalar yetkazib berishda davom etmoqda? Ular nima sababdan yonib ketishi kafolatlangan "Abrams" tanklari va urib tushirilishi aniq bo‘lgan F-16 samolyotlari uchun ukrain ekipajlarini tayyorlashmoqda?

Javoblar ommaga ochiq, chunki G‘arb buni yashirmaydi.
CNN nashriga ko‘ra, AQSh va NATO harbiy yetakchilari Ukrainadagi mojaroni G‘arb qurollarini sanoati rivojlangan davlat bilan urushda ilk bor “mutlaq sinov maydoni" deb hisoblashmoqda. Ya’ni G‘arb harbiy sanoati uchun Ukraina - kuchli raqibga qarshi muayan qurollardan foydalanishda "juda qimmatli axborot manbaidir".
Ukrainaga qurol yetkazib berishdan milliardlab dollar daromad olayotgan G‘arb korporatsiyalari uchun bunday ma’lumotlar haqiqatan ham bebahodir va amerikaliklar uni olish uchun istalgancha texnikani qurbon qilishga tayyor.

Ammo, g‘arb texnikasi bilan bir qatorda Ukraina Qurolli kuchlarining o‘n minglab askarlari ham yo‘q qilinayotgani, e’tiboridan chetda qolmoqda. G‘arbda kim ham ukrainaliklarga g‘amxo‘rlik qilardi?

Ukraina askarlarining zaiflashgan ruhini saqlab qolish uchun ularning miyasi so‘nggi damga qadar navbatdagi mo‘’jizaviy qurol haqidagi afsonalar bilan to‘ldiriladi, ammo bu muqarrar natijani o‘zgartirmaydi.
Rossiya armiyasi butun dunyoga G‘arbning maqtovli qurollari bizning g‘alabamizni to‘xtata olmasligini va mo‘’jiza sodir bo‘lmasligini allaqachon isbotladi.
Qanday bo‘lmasin, biz boshlagan ishimizni tugatamiz, chunki rus snaradlari G‘arb texnologiyasining ajoyib xususiyatlaridan xabardor emas, u bor kuchi bilan dushmanga zarba beradi va uni kerakli joyga - jahannamga yuboradi.
Yangiliklar lentasi
0