Putin musulmonlarni Qurbon bayrami bilan tabrikladi

© Sputnik / Gavriil Grigorov / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2023
Obuna bo‘lish
Qurbon hayiti jamiyatda mehr-oqibat va adolat g‘oyalarini targ‘ib qilishga xizmat qiladi - Putin.
MOSKVA, 28-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat musulmonlarini Qurbon hayiti bilan tabriklab, ushbu bayram jamiyatda ezgulik, mehr-oqibat va adolat g‘oyalarini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
"Islom dinining ulug‘ qadamjolarini ziyorat qilish nihoyasiga yetgan bu bayram chuqur ma’naviy-axloqiy ma’noga ega. U azal-azaldan ezgu ishlar, qo‘ni-qo‘shniga g‘amxo‘rlik bilan ajralib turadi, jamiyatda ezgulik, mehr-oqibat, adolat g‘oyalarini qaror toptirishga xizmat qiladi.

Rossiya musulmon jamoasi mamlakat hayotida buyuk ijodiy yaratuvchanlik rolini o‘ynaydi, millatlararo va dinlararo tinchlikni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash, yosh avlod tarbiyasiga katta hissa qo‘shmoqda. Bugun ajdodlarining tarixiy, ma’naviy, vatanparvarlik an’analariga tayangan musulmon jangchilar maxsus harbiy operatsiya davomida fidoyilik, mardlik va jasorat ko‘rsatmoqda. O‘z safdoshlari bilan yelkama-yelka Rossiyani himoya qilmoqdalar.

Sizlarga sog‘lik va muvaffaqiyat tilayman", - deyiladi Rossiya prezidenti tabrik so‘zida.
Yangiliklar lentasi
0