Moskva jome masjidida Qurbon hayiti namozi bo‘lib o‘tdi — video

Obuna bo‘lish
Moskva va Moskva viloyatidagi masjidlara Qurbon hayiti namozi mahalliy vaqt bilan soat 07:00da boshlandi.
MOSKVA, 28-iyun — Sputnik. Ayni damda Moskva jome masjidi hamda Moskva shahri va viloyatidagi barcha musulmon masjidlarida Qurbon hayiti namozi bo‘lib o‘tmoqda. Hayit namozi soat 07:00 da boshlandi.
An’anaga ko‘ra, Moskva viloyati musulmonlari diniy boshqarmasi viloyat hukumati va shahar tumanlari ma’muriyatlari bilan birgalikda namoz o‘qish uchun masjidlar manzillarini e’lon qilgan.
Shuningdek, qurbonlik so‘yish marosimlari uchun alohida manzillar e’lon qilingan.
Moskva masjidida Qurbon hayiti namozidan olingan videolarni Musofir | Migrant telegram kanalida kuzatib borishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0