https://oz.sputniknews.uz/20230628/mirziyoev-qatar-amiri-hamkorlik-36395521.html
Mirziyoyev Qatar amiri bilan hamkorlik loyihalarini jadallashtirishni muhokama qildi
Mirziyoyev Qatar amiri bilan hamkorlik loyihalarini jadallashtirishni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan joriy yilning iyun oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlar ijrosini jadallashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
2023-06-28T20:52+0500
2023-06-28T20:52+0500
2023-06-28T20:52+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
qatar
o‘zbekiston
telefon suhbati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27005144_239:234:1050:690_1920x0_80_0_0_3bac22fdf75fe935249a8312c531b37b.jpg
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan joriy yilning iyun oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlar ijrosini jadallashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi.O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, telefon muloqoti avvalida davlat rahbarlari Qurbon hayiti – Iyd al-Adho bilan bir-birini dildan qutlab, ikki mamlakat xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq va barqaror taraqqiyot tiladilar.Samarqandda o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqqani va aniq mazmun bilan boyitgani haqida yakdil fikr bildirildi.Yetakchilar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda qabul qilingan qo‘shma qarorlar ijrosining borishini ko‘rib chiqdilar. “Yashil” energetika, moliya, infratuzilma, transport va logistika, qurilish va boshqa tarmoqlardagi loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining eng dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.Eslatib o‘tamiz, Qatar amiri 5-6 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Tashrif davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan 15 ta hujjat imzolandi.
qatar
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27005144_283:236:976:756_1920x0_80_0_0_a524b07652c87a8086902990ce52d462.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev shayx tamim bin hamad ol soniy muloqot hamkorlik qatar o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev shayx tamim bin hamad ol soniy muloqot hamkorlik qatar o‘zbekiston
Mirziyoyev Qatar amiri bilan hamkorlik loyihalarini jadallashtirishni muhokama qildi
O‘zbekiston prezidenti Qatar amiri bilan telefon orqali suhbatlashdi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan joriy yilning iyun oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlar ijrosini jadallashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, telefon muloqoti avvalida davlat rahbarlari Qurbon hayiti – Iyd al-Adho bilan bir-birini dildan qutlab, ikki mamlakat xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq va barqaror taraqqiyot tiladilar.
Samarqandda o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqqani va aniq mazmun bilan boyitgani haqida yakdil fikr bildirildi.
Yetakchilar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda qabul qilingan qo‘shma qarorlar ijrosining borishini ko‘rib chiqdilar. “Yashil” energetika, moliya, infratuzilma, transport va logistika, qurilish va boshqa tarmoqlardagi loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining eng dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Eslatib o‘tamiz, Qatar amiri 5-6 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda
bo‘ldi. Tashrif davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan 15 ta hujjat
imzolandi.