https://oz.sputniknews.uz/20230628/agneshka-ismli-polshalik-sayyoh-turkiyaga-safaridan-dahshatga-tushdi-36381645.html
Agneshka ismli polshalik sayyoh Turkiyaga safaridan "dahshatga tushdi"
Agneshka ismli polshalik sayyoh Turkiyaga safaridan "dahshatga tushdi"
Sputnik O‘zbekiston
Polshalik sayyoh Turkiya kurortida hamma rus tilida gapirishidan dahshatga tushdi.
2023-06-28T14:05+0500
2023-06-28T14:05+0500
2023-06-28T14:17+0500
dunyoda
polsha
turistlar
sayyohlar
rusofobiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1c/36381756_0:75:1383:853_1920x0_80_0_0_6257eb383cd43995e0f736165c39c85f.jpg
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Polshada istiqomat qiluvchi Agneshka ismli ayol Turkiyaning Antaliyadagi kurortlaridan biriga dam olgani borib, pushaymon bo‘ldi. Uning noroziliklarga to‘la xati "Onet" portalida chop etilgan. RIA Novosti xabariga asosan."Bu yerda rossiyalik sayyohlarga qirollardek munosabatda bo‘lishadi. Mashhur kurortda bir hafta bo‘lganimda shunday taassurot oldim", - deb g‘azablangan Agneshka. “Afsuski, mehmonxona qabulxonasiga kirganimdan boshlab hamma rus tilida salomlashdi”, deb shikoyat qildi sayyoh. Uning qayerdanligini so‘ramay, mehmonxona xodimlari unga rus tilida “Zdravstvuyte" deb murojaat qilishganiga hayron. Uning fikriga ko‘ra, bu Rossiyadan kelgan dam oluvchilarni xursand qilish uchun qilingan.Agneshkaning hikoyasiga ko‘ra, "deyarli har qadamda" Rossiya bayroqlari hilpirab turar, mehmonxona xodimlari bilan rus tilida muloqot qilish ancha oson, ingliz tilida gapirish uchun esa “azob chekish” kerak edi. Bir kuni restoranda kechki ovqatdan so‘ng u mahalliy ofitsiant bilan gaplashdi va u rus tilida bir nechta so‘zlarni bilishini faxr bilan ta’kidladi. Bundan tashqari, Agneshka unga Polshadan ekanligini tushuntirdi. Lekin ertasi yana o‘sha ofitsiant u bilan “ruscha so‘zlar yordamida suhbatlashgani” Agneshkaning noroziligiga sabab bo‘ldi. "Men ruscha emas, polyakcha gapiraman," dedi sayyoh unga. Ofitsiant yuzida biroz tushunmaganlik ifoda etgandek bo‘ldi, oraga noqulay sukunat cho‘kdi. "Demak, siz Polshada ruscha gapirmaysizmi?", deb so‘radi hayron bo‘lib ofitsiant. "Biz ruscha gapirmaymiz", deb javob berdi hayratda qolgan Agneshka.Ertasi kuni Agneshka rus tilini eshitmaslik va ofitsiantlar bilan gaplashmaslik umidida plyajdagi ziyofatga bordi. Lekin u ham Polsha fuqarosini xursand qilmadi. Diskotekadagi har ikkinchi qo‘shiq rus tilida edi... Hafsalasi pir bo‘lgan Agniyeshka u yerni ham tark etishga majbur bo‘ldi. Turkiyani yengillik bilan tark etganini aytib, safari haqida "Haqiqiy dahshat" deb xulosa qildi Agneshka.
polsha
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1c/36381756_74:0:1310:927_1920x0_80_0_0_395d5443a52ce576c7a07a7de0bc0779.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
polshalik sayyoh turkiya kurorti rus tili turist rusofob
polshalik sayyoh turkiya kurorti rus tili turist rusofob
Agneshka ismli polshalik sayyoh Turkiyaga safaridan "dahshatga tushdi"
14:05 28.06.2023 (yangilandi: 14:17 28.06.2023) Polshalik sayyoh Turkiya kurortida barcha xizmat ko‘rsatuvchilar unga rus tilida gapirishidan hayratda qoldi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Polshada istiqomat qiluvchi Agneshka ismli ayol Turkiyaning Antaliyadagi kurortlaridan biriga dam olgani borib, pushaymon bo‘ldi. Uning noroziliklarga to‘la xati "Onet" portalida chop etilgan. RIA Novosti
xabariga asosan.
"Bu yerda rossiyalik sayyohlarga qirollardek munosabatda bo‘lishadi. Mashhur kurortda bir hafta bo‘lganimda shunday taassurot oldim", - deb g‘azablangan Agneshka.
“Afsuski, mehmonxona qabulxonasiga kirganimdan boshlab hamma rus tilida salomlashdi”, deb shikoyat qildi sayyoh. Uning qayerdanligini so‘ramay, mehmonxona xodimlari unga rus tilida “Zdravstvuyte" deb murojaat qilishganiga hayron. Uning fikriga ko‘ra, bu Rossiyadan kelgan dam oluvchilarni xursand qilish uchun qilingan.
Agneshkaning hikoyasiga ko‘ra, "deyarli har qadamda" Rossiya bayroqlari hilpirab turar, mehmonxona xodimlari bilan rus tilida muloqot qilish ancha oson, ingliz tilida gapirish uchun esa “azob chekish” kerak edi.
"Hamma joyda ruslar va hamma joyda rus tili - menyuda, mehmonxonada va uning tashqarisida, reklama taxtalarida, yozuvlarda, barcha ko‘rsatmalarda, hamma joyda", - deb g‘azablandi polshalik ayol.
Bir kuni restoranda kechki ovqatdan so‘ng u mahalliy ofitsiant bilan gaplashdi va u rus tilida bir nechta so‘zlarni bilishini faxr bilan ta’kidladi. Bundan tashqari, Agneshka unga Polshadan ekanligini tushuntirdi. Lekin ertasi yana o‘sha ofitsiant u bilan “ruscha so‘zlar yordamida suhbatlashgani” Agneshkaning noroziligiga sabab bo‘ldi. "Men ruscha emas, polyakcha gapiraman," dedi sayyoh unga. Ofitsiant yuzida biroz tushunmaganlik ifoda etgandek bo‘ldi, oraga noqulay sukunat cho‘kdi. "Demak, siz Polshada ruscha gapirmaysizmi?", deb so‘radi hayron bo‘lib ofitsiant. "Biz ruscha gapirmaymiz", deb javob berdi hayratda qolgan Agneshka.
Ertasi kuni Agneshka rus tilini eshitmaslik va ofitsiantlar bilan gaplashmaslik umidida plyajdagi ziyofatga bordi. Lekin u ham Polsha fuqarosini xursand qilmadi. Diskotekadagi har ikkinchi qo‘shiq rus tilida edi... Hafsalasi pir bo‘lgan Agniyeshka u yerni ham tark etishga majbur bo‘ldi.
Turkiyani yengillik bilan tark etganini aytib, safari haqida "Haqiqiy dahshat" deb xulosa qildi Agneshka.