Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

"Vagner" to‘liq davlat budjetidan ta’minlangan — Putin

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel zasedanie Sovbeza RF
Prezident RF V. Putin provel zasedanie Sovbeza RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2023
Obuna bo‘lish
To‘liq davlat tomonidan moliyalashtirilgan "Vagner" mulkdori "Konkord" kompaniyasi turli xizmatlar ko‘rsatish davomida 86 milliard rubl daromad olgan.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi faoliyati to‘liq davlat budjetidan ta’minlangan, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari bilan uchrashuv chog‘ida.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, butun “Vagner guruhi” tarkibi to‘liq davlat tomonidan – davlat budjeti va Mudofaa vazirligi budjeti hisobidan moliyalashtirilgan.
“Faqat 2022-yilning may oyidan 2023-yilning mayigacha davlat tomonidan "Vagner" guruhiga 86 milliard 262 million rubl to‘langan. Shundan naqd ta’minot – 70 milliard 384 million, 15 milliard 877 million. Sug‘urta to‘lovlari – 110 milliard 179 million rublni tashkil qilgan", - dedi Putin.
Shu bilan birga, "Vagner"ning mulkdori "Konkord" xususiy kompaniyasi armiyani oziq-ovqat bilan ta’minlash va oziq-ovqat xizmatlarini ko‘rsatish orqali davlat shartnomalaridan yana 80 milliard daromad ham olgan, deya qo‘shimcha qildi prezident.
"Umid qilamanki, bu ishlar davomida hech kim hech narsa o‘g‘irlamadi yoki aytaylik, kamroq o‘g‘irladi, albatta, biz bularning barchasi bilan shug‘ullanamiz", - deb qo‘shimcha qildi prezident.

Qo‘zg‘olonning oqibatlari haqida

Davlat rahbari muvaffaqiyatli isonlardan so‘ng mamlakatda har doim tartibsizlik va fuqarolar urushi kelib chiqishini ta’kidladi va Mudofaa vazirligi harbiylariga buning oldini olgani uchun minnatdorlik bildirdi.
"Siz buni oldini oldingiz. Sizning rolingiz shunday edi. Buning uchun esa Oliy Bosh qo‘mondon sifatida sizga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman", - dedi Putin.

Maxsus operatsiya haqida

Prezident aytishiga ko‘ra, “aksil hujum” boshlanganidan beri Ukraina Qurolli kuchlari 259 ta tank va 78 ta zirhli texnikani yo‘qotgan. Ukraina qo‘shinlari Kiyevda asosiy hisoblangan Orexovskiy yo‘nalishida eng katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda.
"Birgina o‘tgan yetti kun ichida dushman 280 ta texnikasini yo‘qotdi, shundan 41 tasi tank va 102 tasi zirhli texnikasi. Bu ko‘p jihatdan sizning va safdoshlaringizning mehnati samarasidir", - dedi Putin.

"Vagner" isoni

Ma’lumot uchun, 24-iyunga o‘tar kechasi "Vagner" qo‘shinlari Rostov-Dondagi Janubiy harbiy okrugi shtabini egallab oldi va harbiy kolonna Moskva tomon yo‘lga chiqqanini e’lon qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin xususiy harbiy kompaniya harakatlarini "xoinlik" deb atadi va Prigojinga qarshi "qurolli ison" uyushtirgani uchun jinoiy ish ochildi.
Keyinchalik Belarus prezidentining matbuot xizmati Aleksandr Lukashenko Vladimir Putin bilan kelishgan holda Prigojin bilan muzokaralar o‘tkazib, harbiy kolonnani orqaga qaytarishga ko‘ndirganini xabar qildi. Prigojinning o‘zi esa Belarus hududiga chiqib ketgan.
"Vagner" askarlari ushbu harakatlarda ishtirok etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilmasligi e’lon qilindi va ularga Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolash taklif qilindi.
Yangiliklar lentasi
0