U-17 Osiyo kubogi: O‘zbekistonning yarim finaldagi raqibi aniq bo‘ldi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu U17
Sbornaya Uzbekistana po futbolu U17 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2023
Obuna bo‘lish
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 jamoasi chorak finalda Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, yarim finalga chiqqan.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Tailandda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogining yarim finalida Janubiy Koreya jamoasi bilan to‘qnashadi.
O‘zbekiston-Janubiy Koreya uchrashuvi 29-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. G‘alaba qozongan jamoa Osiyo chempioni unvoni uchun finalda Eron-Yaponiya o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 jamoasi Osiyo kubogining chorak finalida Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi. Bu g‘alaba bilan o‘zbekistonlik futbolchilar nafaqat musobaqaning yarim finaliga chiqishdi, balki jahon chempionatiga ham yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Yangiliklar lentasi
0