https://oz.sputniknews.uz/20230627/toshkent-royxatdan-otmagan-aholiga-pulli-xizmat-36349345.html
Toshkentda ro‘yxatdan o‘tmagan aholiga pulli xizmat ko‘rsatilishi haqidagi xabarlar rad etildi
Toshkentda ro‘yxatdan o‘tmagan aholiga pulli xizmat ko‘rsatilishi haqidagi xabarlar rad etildi
Sputnik O‘zbekiston
2023 yil 1-iyul sanasidan Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi mexanizmlarini joriy etish belgilangan.
2023-06-27T14:10+0500
2023-06-27T14:10+0500
2023-06-27T14:10+0500
jamiyat
o‘zbekiston
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
sug‘urta
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29488009_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_5574f0936a1b400b5b625fba249fd4dc.jpg
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) Toshkent shahridagi poliklinikalarda ro‘yxatdan o‘tmagan aholiga pulli xizmat ko‘rsatilishi haqidagi xabarlarni rad etdi.Ta’kidlanishicha, 2023-yil 1-iyul sanasidan Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi mexanizmlarini joriy etish belgilangan.Mazkur tizim ishga tushgach, fuqarolar davlat budjeti mablag‘lari doirasida kafolatlangan tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Ya’ni elektron bazaga har bir fuqaro (bemor)ning shaxsiy ma’lumotlari, tashxisi, kasalliklari, olgan muolajalari haqida to‘liq ma’lumotlar kiritilib, shifokor shu asosda bemorni nazoratga oladi va profilaktika hamda davolash choralarini ko‘radi.Qolaversa, bemorlar dorilarni elektron usulda ham olishi mumkin. Natijada oilaviy poliklinikalardagi navbatlarning oldi olinib, qatnovlar soni kamayadi.SSV xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarining mohiyati to‘liq anglab yetilmasdan jamoatchilik orasida "endi oilaviy poliklinika xizmatlari pulli bo‘lar ekan" degan noto‘g‘ri tushuncha paydo bo‘lmoqda.Buning uchun fuqaro endilikda oilaviy shifokor qabuliga kelgan vaqtda shaxsiy hujjatlari ma’lumotlari asosida bir marta identifikatsiyadan o‘tishi lozim. Ya’ni “Elektron poliklinika”ga ma’lumotlarni kiritish uchun fuqaro shaxsini tasdiqlovchi xujjatni taqdim etishi zarur.Vazirlik fuqarolardan agar telefon orqali kimdir o‘zini oilaviy poliklinika “xodimi” deya tanishtirsa va ulardan o‘zi hamda oila a’zolari pasporti va farzandlarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari nusxalarini internet tarmog‘i orqali uzatishni so‘rasa, buni rad etishni so‘ragan. Chunki oilaviy poliklinika xodimlari tibbiyot muassasasiga shaxsan kelishni so‘raydi.Birlamchi tibbiy-sanitariya yordam muassasalariga biriktirish voyaga yetgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan shaxslarni biriktirish uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari tomonidan bajariladi.“Shu o‘rinda poytaxt aholisidan Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan o‘zi va oila a’zolarining shaxsiy hujjatlari bilan hududiy oilaviy poliklinikalarga murojaat qilishlarini so‘raymiz”, - deya xulosa qilgan SSV.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29488009_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_118fe771a9856eb8afb2cb800b5cabaa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi
toshkent davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi
Toshkentda ro‘yxatdan o‘tmagan aholiga pulli xizmat ko‘rsatilishi haqidagi xabarlar rad etildi
SSV oilaviy poliklinikada ro‘yxatdan o‘tmagan aholiga pulli xizmat ko‘rsatilishi haqidagi xabarlarni mutlaqo asossiz deb atadi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) Toshkent shahridagi poliklinikalarda ro‘yxatdan o‘tmagan aholiga pulli xizmat ko‘rsatilishi haqidagi xabarlarni
rad etdi. Ta’kidlanishicha, 2023-yil 1-iyul sanasidan Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi mexanizmlarini joriy etish belgilangan.
Mazkur tizim ishga tushgach, fuqarolar davlat budjeti mablag‘lari doirasida kafolatlangan tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Ya’ni elektron bazaga har bir fuqaro (bemor)ning shaxsiy ma’lumotlari, tashxisi, kasalliklari, olgan muolajalari haqida to‘liq ma’lumotlar kiritilib, shifokor shu asosda bemorni nazoratga oladi va profilaktika hamda davolash choralarini ko‘radi.
Qolaversa, bemorlar dorilarni elektron usulda ham olishi mumkin. Natijada oilaviy poliklinikalardagi navbatlarning oldi olinib, qatnovlar soni kamayadi.
SSV xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarining mohiyati to‘liq anglab yetilmasdan jamoatchilik orasida "endi oilaviy poliklinika xizmatlari pulli bo‘lar ekan" degan noto‘g‘ri tushuncha paydo bo‘lmoqda.
“Avvalo shuni aytish kerakki, poliklinikada ro‘yxatdan o‘tmagan aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatilishi haqida internetda tarqalgan xabarlar mutlaqo asossiz. Normativ hujjatlarga ko‘ra, respublikaning barcha fuqarolariga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar bepul taqdim etiladi”, - deyilgan xabarda.
Buning uchun fuqaro endilikda oilaviy shifokor qabuliga kelgan vaqtda shaxsiy hujjatlari ma’lumotlari asosida bir marta identifikatsiyadan o‘tishi lozim. Ya’ni “Elektron poliklinika”ga ma’lumotlarni kiritish uchun fuqaro shaxsini tasdiqlovchi xujjatni taqdim etishi zarur.
Vazirlik fuqarolardan agar telefon orqali kimdir o‘zini oilaviy poliklinika “xodimi” deya tanishtirsa va ulardan o‘zi hamda oila a’zolari pasporti va farzandlarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari nusxalarini internet tarmog‘i orqali uzatishni so‘rasa, buni rad etishni so‘ragan. Chunki oilaviy poliklinika xodimlari tibbiyot muassasasiga shaxsan kelishni so‘raydi.
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordam muassasalariga biriktirish voyaga yetgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan shaxslarni biriktirish uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari tomonidan bajariladi.
“Shu o‘rinda poytaxt aholisidan Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan o‘zi va oila a’zolarining shaxsiy hujjatlari bilan hududiy oilaviy poliklinikalarga murojaat qilishlarini so‘raymiz”, - deya xulosa qilgan SSV.