Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda elektr vaqtincha o‘chiriladi — manzillar

© Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali Toshkent shahar
Toshkent shahar  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2023
Obuna bo‘lish
Bugun 3 ta tumandagi iste’molchilar elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Bugun kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkentning ayrim tumanlaridagi qator ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Bugun kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Yashnobod tumani: "Yangi davr" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 15:00 gacha;
Mirzo Ulug‘bek tumani: "Qori Niyoziy" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
Olmazor tumani: "Umid" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 14:00 gacha.
Qayd etilishicha, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Xabarda ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun bu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ralgan.
Yangiliklar lentasi
0