Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani aytilmoqda

© MVD Samarskoy oblastiSamarada o‘zbekistonliklar bo‘lgan mashina YTHga uchradi
Samarada o‘zbekistonliklar bo‘lgan mashina YTHga uchradi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2023
Obuna bo‘lish
Samara trassasida 2 ta "Honda Stepwgn" va "Hyundai Elantra" avtomobilning to‘qnashuvi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Rossiyaning Samara shahrida yuz bergan avariyada 4 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Musofir/migrant Telegram-kanali Qirg‘iziston TIVga tayanib xabar berdi.

"YTH oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi — ikki nafar Qirg‘iziston fuqarosi (1992 va 1979-yillarda tug‘ilgan bir erkak va bir ayol) hamda 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi", - deyilgan qo‘shni respublika TIV xabarida.

7 kishi (1988, 1990, 1993, 1993, 1994, 1996, 2003-yillarda tug‘ilgan erkaklar) kasalxonaga yotqizilgan.
Hozir baxtsiz hodisa sabablari va voqea bilan bog‘liq holatlar o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolar bilan bog‘liq YTH yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot bermagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samara trassasida 2 ta "Honda Stepwgn" va "Hyundai Elantra" avtomobilning to‘qnashuvi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0