FXX qurolli isonga oid jinoiy ishni tugatdi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishRostov-na-Donudagi "Vagner" jangchilari, arxiv surat
Rostov-na-Donudagi Vagner jangchilari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, ison qatnashchilari bevosita jinoyat sodir etishga qaratilgan xatti-harakatlarini to‘xtatishgan.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining (XHK) qurolli isoni to‘g‘risidagi jinoiy ish jinoiy harakatlar to‘xtatilgani sabab tugatildi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) axborot xizmati ma’lum qildi.
“Rossiya FXX tergov boshqarmasi tomonidan 23-iyun kuni Rossiya JKning 279-moddasi bilan qurolli ison yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini surishtirish chog‘ida uning qatnashchilari 24-iyun kuni bevosita jinoyat sodir etishga qaratilgan xatti-harakatlarini to‘xtatishgani aniqlandi. Bu va surishtirish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlarni inobatga olib, tergov organi tomonidan 27-iyun kuni jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror chiqarildi”, - deyilgan xabarda. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Ma’lumot uchun, 24-iyunga o‘tar kechasi "Vagner" XHK qo‘shinlari Rostov-na-Donudagi Janubiy harbiy okrugi shtabini egallab oldi va harbiy kolonna Moskva tomon yo‘lga chiqqanini e’lon qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin xususiy harbiy kompaniya harakatlarini "xoinlik" deb atadi. Kompaniya rahbari Yevgeniy Prigojinga qarshi jinoiy ish ochildi.
Keyinchalik Belarus prezidentining matbuot xizmati Aleksandr Lukashenko Vladimir Putin bilan kelishgan holda Prigojin bilan muzokaralar o‘tkazib, harbiy kolonnani orqaga qaytarishga ko‘ndirganini xabar qildi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Prigojinga qarshi jinoiy ish tugatilishi va u Belarusga ketishini ma’lum qildi. Kreml vakili oliy maqsad qon to‘kilishining va ichki ixtilofning oldini olish bo‘lganini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0