Shavkat Mirziyoyev shayx Muhammad Sodiqni Imom Buxoriy ordeni bilan mukofotladi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishMuxammad Sadik Yusuf. Arxivnoe foto
Muxammad Sadik Yusuf. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2023
Obuna bo‘lish
Xalqaro miqyosda dinlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan yetuk mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi alohida xizmatlari uchun, - deyiladi Farmon matnida.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni Imom Buxoriy ordeni bilan mukofotladi.
"O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy, marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf "Oliy Darajali Imom Buxoriy" ordeni bilan mukofotlansin", - deyiladi farmonda.
Shuningdek, farmon matnida quyidagi so‘zlar keltirilgan:
O‘zining serqirra faoliyati hamda beqiyos ilmiy-ma’rifiy merosi bilan islomiy tafakkur va madaniyatni ravnaq toptirish, muqaddas dinimizning ulug‘ insoniy g‘oyalarini xalqimizga yetkazish, mashhur ulamolarimizning bebaho asarlarini chuqur tadqiq etish, turli mamlakat va o‘lkalarda keng targ‘ib qilish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati,
xalqaro miqyosda dinlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, millat va elatlar o‘rtasida hamjihatlik va ahillikni mustahkamlash, jamiyat hayotida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qo‘shgan ulkan hissasi,
diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan yetuk mutaxassislarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi alohida xizmatlari uchun.
Shavkat Mirziyoyev, yana bir muftiy, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy, marhum shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonni ham "Oliy Darajali Imom Buxoriy" ordeni bilan mukofotlash haqida farmon imzoladi.
Imom Buxoriy ordeni o‘tgan yilning avgust oyida tasdiqlangan edi. Avvalroq bu orden Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0