https://oz.sputniknews.uz/20230627/mirziyoev-ommaviy-axborot-vositalari-xodimlari-tabrik-36341218.html
Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi
Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
2023-06-27T11:38+0500
2023-06-27T11:38+0500
2023-06-27T11:43+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
tabrik
matbuot va oav xodimlari kuni
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1b/34347507_0:50:1280:771_1920x0_80_0_0_411043d248ba8c27766dda9bef8ce497.jpg
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, keyingi yillarda mamlakatda ro‘y berayotgan tarixiy o‘zgarishlar natijasida ommaviy axborot vositalarini erkin fikr minbariga, xalq manfaatlarining faol himoyachisiga aylantirish uchun mustahkam huquqiy zamin, ijtimoiy muhit yaratildi. Yangilangan Asosiy qonunda ushbu yo‘nalishdagi konstitutsiyaviy qoidalar yanada mustahkamlab qo‘yilgani bu boradagi sa’y-harakatlar bardavom ekanini ko‘rsatadi.Mirziyoyev ommaviy axborot vositalarini izchil rivojlantirish bundan buyon ham davlat e’tibori markazida bo‘lib qolishini urg‘ulagan.Prezident matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlagan. Taqdirlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1b/34347507_174:42:1124:754_1920x0_80_0_0_c1e6f3c9cf2a99263906f21b21600175.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev ommaviy axborot vositalari xodimlari tabrik
mirziyoyev ommaviy axborot vositalari xodimlari tabrik
Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi
11:38 27.06.2023 (yangilandi: 11:43 27.06.2023) Prezident ommaviy axborot vositalarini izchil rivojlantirish bundan buyon ham davlat e’tibori markazida bo‘lib qolishini urg‘ulagan.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan
tabrik yo‘lladi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, keyingi yillarda mamlakatda ro‘y berayotgan tarixiy o‘zgarishlar natijasida ommaviy axborot vositalarini erkin fikr minbariga, xalq manfaatlarining faol himoyachisiga aylantirish uchun mustahkam huquqiy zamin, ijtimoiy muhit yaratildi.
“Biz mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligini, axborot olish va uni tarqatish huquqini ta’minlash masalasini inson qadrini ulug‘lash, demokratik jamiyat va xalqparvar davlat qurishga qaratilgan taraqqiyot strategiyamizning muhim va ajralmas qismi deb bilamiz”, - deyiladi prezident tabrigida.
Yangilangan Asosiy qonunda ushbu yo‘nalishdagi konstitutsiyaviy qoidalar yanada mustahkamlab qo‘yilgani bu boradagi sa’y-harakatlar bardavom ekanini ko‘rsatadi.
“Biz jamiyat hayotida uchrayotgan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, burokratiya va korrupsiya kabi illatlarga qarshi kurashishda, avvalo, siz hurmatli jurnalist va blogerlar, ayniqsa, milliy media makonimizga yangi g‘oya va tashabbuslar bilan kirib kelayotgan iste’dodli yoshlarimizga tayanamiz”, - deyilgan tabrikda.
Mirziyoyev ommaviy axborot vositalarini izchil rivojlantirish bundan buyon ham davlat e’tibori markazida bo‘lib qolishini urg‘ulagan.
Prezident matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlagan. Taqdirlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyida
tanishish mumkin.