Dam olish kunlarida Toshkentdagi bozorlar qay tartibda ishlaydi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishBozordagi meva-sabzavotlar, arxiv surat
Bozordagi meva-sabzavotlar, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2023
Obuna bo‘lish
Shahar hokimligi bayram kunlari Toshkent bozorlari qay tartibda ishlashi haqida Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Qurbon hayitini nishonlash kunlari poytaxt bozorlari odatdagi tartibda ishlaydi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Toshkent hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Poytaxtdagi dehqon bozorlari ushbu uzoq dam olish kunlarida odatdagidek ishlaydi”, — dedi hokimlik Sputnik muxbiriga.
Bundan tashqari, “Ippodrom” kiyim-kechak bozori ham, odatdagidek, dushanba kunidan tashqari ishlaydi.
Ertaga, 28-iyun kuni, O‘rikzor bozori ishlamaydi, Qurbon hayitini nishonlashning qolgan kunlarida ishlaydi.
Qurbon hayiti va dam olish kunlari qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bu yil Qurbon hayiti 28-iyun kuni nishonlanadi. O‘zbekistonliklar bayram munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olishadi.
Yangiliklar lentasi
0