https://oz.sputniknews.uz/20230626/turkiya-xalqaro-yuk-tashuvlari-elektron-ruxsatnoma-36318208.html
Turkiya bilan xalqaro yuk tashuvlar to‘liq elektron ruxsatnoma tizimiga o‘tkaziladi
Turkiya bilan xalqaro yuk tashuvlar to‘liq elektron ruxsatnoma tizimiga o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Istanbulda yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida mamlakatlar o‘rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron (E-permit) almashish tizimiga bosqichma-bosqich ravishda to‘liq o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
2023-06-26T17:19+0500
2023-06-26T17:19+0500
2023-06-26T17:55+0500
jamiyat
o‘zbekiston
turkiya
transport vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1a/36317079_38:114:681:476_1920x0_80_0_0_c1c4da3abb6de36bbfeea1de8a5f2708.jpg
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi xalqaro yuk tashuvlari bosqichma-bosqich ravishda to‘liq elektron ruxsatnoma tizimiga o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar qildi.Ma’lum qilinishicha, Istanbul shahrida xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston – Turkiya qo‘shma komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda xalqaro avtomobil tashuvlarining bugungi holati hamda uni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.Tomonlar o‘rta yo‘lakni rivojlantirishni hisobga olgan holda xalqaro avtomobil tashuvlari uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.Yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma blankalarini almashish kvotalari belgilandi.Shuningdek, yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida mamlakatlar o‘rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron (E-permit) almashish tizimiga bosqichma-bosqich ravishda to‘liq o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
o‘zbekiston
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1a/36317079_106:84:625:473_1920x0_80_0_0_29232835616d152b17317e7a2b2c6d70.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston turkiya xalqaro yuk tashuvlari to‘liq elektron ruxsatnoma e-permit
o‘zbekiston turkiya xalqaro yuk tashuvlari to‘liq elektron ruxsatnoma e-permit
Turkiya bilan xalqaro yuk tashuvlar to‘liq elektron ruxsatnoma tizimiga o‘tkaziladi
17:19 26.06.2023 (yangilandi: 17:55 26.06.2023) O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron (E-permit) almashish tizimiga bosqichma-bosqich ravishda to‘liq o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi xalqaro yuk tashuvlari bosqichma-bosqich ravishda to‘liq elektron ruxsatnoma tizimiga o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi
xabar qildi. Ma’lum qilinishicha, Istanbul shahrida xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston – Turkiya qo‘shma komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda xalqaro avtomobil tashuvlarining bugungi holati hamda uni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.
Tomonlar o‘rta yo‘lakni rivojlantirishni hisobga olgan holda xalqaro avtomobil tashuvlari uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.
Yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma blankalarini almashish kvotalari belgilandi.
Shuningdek, yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida mamlakatlar o‘rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron (E-permit) almashish tizimiga bosqichma-bosqich ravishda to‘liq o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishildi.