O‘zbekistonlik bokschilar Qozog‘istondagi xalqaro turnirda ishtirok etadi
© NOKO‘zbekistonlik bokschilar
© NOK
Obuna bo‘lish
Musobaqada 10 dan ortiq mamlakatdan 200 nafarga yaqin bokschi ishtirok etadi.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Joriy yilning 27-iyun - 2-iyul kunlari Qozog‘istonning Astana shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida xalqaro “Yelorda kubogi” musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Musobaqada 10 dan ortiq mamlakatdan 200 nafarga yaqin bokschi ishtirok etadi. Ular qatorida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.
O‘zbekiston terma jamoasi quyidagi tarkibda Astanaga yo‘l oldi:
-51 kg: Asilbek Jalilov;
-54 kg: Shahzod Muzaffarov;
-54 kg: Sanjar Vahobov;
-60 kg: Dilshod Abdumurodov;
-60 kg: Mirkomil Saytohunov;
-63,5 kg: Adhamjon Muhitdinov;
-63,5 kg: Shahboz Yunusaliyev;
-67 kg: Bekzod Hamidov;
-71 kg: Nurislom Ismoilov;
-71 kg: Havasbek Asadullayev;
-80 kg: To‘rabek Xabibullayev;
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev;
-92 kg: Nusratbek Tohirov;
+92 kg: Jahongir Zokirov.
Murabbiylar: Xulio Li Echevarria, Akmal Hasanov, Jasurbek Qurbonov, Ruslan Telimbayev, Ozod Hasanov. Shuningdek, Ma’ruf Urdushev musobaqada hakam sifatida ishlaydi.