Kiyev jang maydonida Rossiyadagi vaziyatdan foydalana olmadi — OAV

© AP Photo / Bernat ArmangueUkraina harbiylari, arxiv surat
Ukraina harbiylari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2023
Obuna bo‘lish
"Vagner" bilan bog‘liq voqealar juma yoki shanba kuni birorta ham rus bo‘linmasini jang maydonida o‘z pozitsiyalarini tark etishga majbur qilmadi.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Ukraina o‘tgan hafta oxirida Rossiyada bo‘lib o‘tgan voqealardan jang maydonida unumli foydalana olmadi, ammo vaziyatdan foyda ko‘rishga hali urinib ko‘rishi mumkin, ma’lum qildi “New York Times” nashri AQSh rasmiylari va tahlilchilarga tayanib.
Gazetaning amerikalik rasmiylarga tayanib qayd etishicha, Yevgeniy Prigojin bilan bog‘liq voqealar juma yoki shanba kuni birorta ham rus bo‘linmasini jang maydonida o‘z pozitsiyalarini tark etishga majbur qilmadi.
“Ukraina, shubhasiz, Prigojin keltirib chiqargan tartibsizlikdan foydalanishga urinadi, biroq ... mudofaada foydalanish mumkin bo‘lgan imkoniyat vujudga kelmadi”, — xabar berdi nashr AQSh rasmiylari va mustaqil tahlilchilarga tayanib. Gazeta Kiyev tomonining ehtimoliy harakatlarining aniq variantlarini aytmadi va ukrainalik harbiylar “qandaydir muvaffaqiyatga erishishga harakat qiladi” degan bayonot bilan cheklandi.
Shanbaga o‘tar kechasi Rostov-na-Donuda Janubiy harbiy okrugning qarorgohi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi tomonidan qo‘lga olindi. Qurollangan odamlar guruhlari shahar bo‘ylab harakatlanishdi, kirish va chiqish joylarida nazorat punktlari o‘rnatildi. Bu Yevgeniy Prigojinning Rossiya Qurolli Kuchlari tomonidan “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi lagerlariga raketa va bombali hujumlar uyushtirgani haqidagi tahminiy bayonotlari fonida sodir bo‘ldi — bu ma’lumot Mudofaa vazirligi va Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati tomonidan inkor etildi.
Prigojinga qarshi qurolli ison uyushtirganlik bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin qo‘zg‘olonchilarning harakatlarini jinoiy avantura, Rossiyaning orqasiga pichoq urish va haddan tashqari ambitsiya va shaxsiy manfaatlar tufayli vujudga kelgan xiyonat deb atadi.
Keyinchalik Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko Putin bilan kelishilgan holda Prigojin bilan muzokaralar o‘tkazdi, shundan so‘ng Lukashenkoning matbuot xizmati xususiy harbiy kompaniya rahbari Rossiyada “Vagner” harakatini to‘xtatish va vaziyatni yumshatish bo‘yicha keyingi qadamlarni qo‘yish taklifini qabul qilganini ma’lum qildi.
Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov shanba kuni kechqurun Prigojin Belarusga jo‘nab ketishi va jinoiy ish tugatilishi haqida xabar berdi.
Yangiliklar lentasi
0