G‘arb OAVlari Prigojinning Moskvaga safari qonliroq bo‘lishini kutgan edi – Lavrov

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishSergey Lavrov
Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2023
Obuna bo‘lish
"Prigojinning Moskvaga safari qattiq qarshilikka duch kelishi va qonliroq bo‘lishi kutilgan edi" – CNN.
TOShKENT, 26-iyun – Sputnik. G‘arb OAVlari, aftidan, "Vagner" yetakchisi Yevgeniy Prigojinning isoni bilan bog‘liq voqealarni "o‘z orzulari asosida" yoritib berishdi, dedi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Russia Today" telekanaliga bergan intervyusida.
"Men G‘arb OAVlarida Rossiyada juma va shanba kunidagi voqealar qanday yoritilayotgani bilan tanishdim. Ularning xabarlarini bir so‘z bilan aytganda - orzumand xayollar deyish mumkin, ya’ni real voqelikdan qat’iy nazar o‘zi istagan, orzu qilgan hodisalarni tasvirlash", – dedi Lavrov.

"AQShning CNN telekanali yozishiga ko‘ra, "Amerika razvedkasi bo‘lajak qo‘zg‘olon haqida oldindan xabardor bo‘lgan, lekin bu haqida Rossiyani xabardor qilmaslikka qaror qilgan. Ehtimol, ular isonchilar g‘alaba qozonishi umidida shunday qilishgan", – dedi Lavrov.

CNN telekanalining navbatdagi xabarlari ham buni qisman tasdiqlaydi – "Prigojinning Moskvaga safari qattiq qarshilikka duch kelishi va qonliroq bo‘lishini kutilgan edi, deb amerikalik tahlilchilar kutilmalarini keltiradi CNN.
"Ular voqealar aynan shunday tus olishini kutgan edi", – deb xulosa qiladi Lavrov.
"Vagner" isoni
Ma’lumot uchun, 24-iyunga o‘tar kechasi "Vagner" qo‘shinlari Rostov-Dondagi Janubiy harbiy okrugi shtabini egallab oldi va harbiy kolonna Moskva tomon yo‘lga chiqqanini e’lon qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin xususiy harbiy kompaniya harakatlarini "xoinlik" deb atadi va Prigojinga qarshi "qurolli ison" uyushtirgani uchun jinoiy ish ochildi.
Keyinchalik Belarus prezidentining matbuot xizmati Aleksandr Lukashenko Vladimir Putin bilan kelishgan holda Prigojin bilan muzokaralar o‘tkazib, harbiy kolonnani orqaga qaytarishga ko‘ndirganini xabar qildi. Prigojinning o‘zi esa Belarus hududiga chiqib ketgan.
"Vagner" askarlari ushbu harakatlarda ishtirok etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilmasligi e’lon qilindi va ularga Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolash taklif qilindi.
Yangiliklar lentasi
0