Yevroparlament deputati: Rossiyaga qarshi sanksiyalar Yevropaning o‘zi uchun halokatli

© AP Photo / Andrew MedichiniIvan Vilibor Sinchich, arxiv surat
Ivan Vilibor Sinchich, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Yevropa Ittifoqi asta-sekin retsessiya va sanoatsizlanish sari bormoqda.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar Yevropa uchun vayron qiluvchi. Bu haqda Yevropa parlamenti deputati Ivan Vilibor Sinchich ma’lum qildi.
“Sanksiyalar Yevropa uchun o‘zini o‘zi vayron qiluvchi. Hozirgacha aksariyat tovarlar Yevropaga vositachilar orqali kelardi, biroq ular ancha qimmat edi va bu Yevropaning raqobatbardoshligiga putur yetkazadi”, - dedi deputat “Izvestiya” nashriga bergan intervyusida.
Uning fikriga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi asta-sekin retsessiya va sanoatsizlanish sari bormoqda.
23 iyun kuni YeI Rossiyaga qarshi 11-sanksiyalar to‘plamini rasman tasdiqladi. Rossiya TIV bunga javoban Rossiyaga kirishi taqiqlangan YeI vakillarining ro‘yxatini kengaytirdi.
G‘arb sanksiyalari

Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.

Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.

Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0