https://oz.sputniknews.uz/20230626/bizning-bunga-aloqamiz-yoq-36327689.html
AQSh elchisi “Bizning bunga aloqamiz yo‘q” degan signallar yubordi – Lavrov
AQSh elchisi “Bizning bunga aloqamiz yo‘q” degan signallar yubordi – Lavrov
Sputnik O‘zbekiston
AQShning Moskvadagi elchisi Linn Treysi Prigojin isoni chog‘ida Qo‘shma Shtatlarning bunga aloqasi yo‘qligi haqida signallar yubordi.
2023-06-26T19:52+0500
2023-06-26T19:52+0500
2023-06-27T11:37+0500
aqsh
elchi
"vagner" xususiy harbiy kompaniya
yevgeniy prigojin
sergey lavrov
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/1d/35466884_0:0:2816:1585_1920x0_80_0_0_c61175cb6afcb84ecdca2d3923426151.jpg
TOShKENT, 26-iyun – Sputnik. AQShning Moskvadagi elchisi Linn Treysi Rossiya vakillari bilan muloqotlar chog‘ida Qo‘shma Shtatlarning bunga “hech qanday aloqasi yo‘qligi” haqida signallar yubordi va Rossiyaning yadroviy quroli “xavfsiz qo‘llarda bo‘lishiga” umid bildirdi, dedi Sergey Lavrov "Russia Today" telekanaliga bergan intervyusida. Shunindek, Rossiya bosh diplomati AQSh har safar turli isonlarga turlicha munosabat bildirishini esga oldi. “U yoki bu mamlakatda ison yoki davlat to‘ntarishiga urinishlar sodir bo‘lganda etilganida, Qo‘shma Shtatlar hokimiyatda kim bo‘lgani va kim kelayotganiga qarab har safar har xil munosabatda bo‘ladi", dedi Rossiya TIV rahbari. Shu o‘rinda Lavrov Ukrainada 2014-yilda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarilishi va Yamandagi davlat to‘ntarilishini solishtirdi. Ikkala holatda ham mamlakat prezidentlari hayoti xavf ostida bo‘lgani tufayli qochib ketgan. Lekin Ukrainada AQSh darhol yangi hukumatni tan olish tarafdori bo‘lgan bo‘lsa, Yamanda haligacha Saudiyaga qochib ketgan prezidentni tan olmoqda, dedi Lavrov.TIV rahbari aytishiga ko‘ra, ayni damda Rossiya maxsus xizmatlari Prigojin isonida G‘arb razvedkasining qo‘li bor yoki yo‘qligini tekshirmoqda. "Vagner" isoniMa’lumot uchun, 24-iyunga o‘tar kechasi "Vagner" qo‘shinlari Rostov-Dondagi Janubiy harbiy okrugi shtabini egallab oldi va harbiy kolonna Moskva tomon yo‘lga chiqqanini e’lon qildi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin xususiy harbiy kompaniya harakatlarini "xoinlik" deb atadi va Prigojinga qarshi "qurolli ison" uyushtirgani uchun jinoiy ish ochildi.Keyinchalik Belarus prezidentining matbuot xizmati Aleksandr Lukashenko Vladimir Putin bilan kelishgan holda Prigojin bilan muzokaralar o‘tkazib, harbiy kolonnani orqaga qaytarishga ko‘ndirganini xabar qildi. Prigojinning o‘zi esa Belarus hududiga chiqib ketgan."Vagner" askarlari ushbu harakatlarda ishtirok etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilmasligi e’lon qilindi va ularga Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolash taklif qilindi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/1d/35466884_498:23:2567:1575_1920x0_80_0_0_bbc290140e7bdbcb10c9c95ea17d3773.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh elchi linn treysi prigojin isoni qo‘shma shtatlar lavrov rossiya
aqsh elchi linn treysi prigojin isoni qo‘shma shtatlar lavrov rossiya
AQSh elchisi “Bizning bunga aloqamiz yo‘q” degan signallar yubordi – Lavrov
19:52 26.06.2023 (yangilandi: 11:37 27.06.2023) AQShning Moskvadagi elchisi Linn Treysi Prigojin isoni chog‘ida Qo‘shma Shtatlarning bunga aloqasi yo‘qligi haqida signallar yubordi, dedi Lavrov.
TOShKENT, 26-iyun – Sputnik. AQShning Moskvadagi elchisi Linn Treysi Rossiya vakillari bilan muloqotlar chog‘ida Qo‘shma Shtatlarning bunga “hech qanday aloqasi yo‘qligi” haqida signallar yubordi va Rossiyaning yadroviy quroli “xavfsiz qo‘llarda bo‘lishiga” umid bildirdi, dedi Sergey Lavrov "Russia Today" telekanaliga bergan intervyusida.
"Kecha AQSh elchisi Treysi Rossiya vakillari bilan suhbatda Qo‘shma Shtatlarning bunga aloqasi yo‘qligi haqida signallar yubordi. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar yadro quroli xavfsiz bo‘lishi va amerikalik diplomatlar tahdid ostida qolmasligiga umid bildirishdi. Shuningdek, u “Qo‘shma Shtatlar sodir bo‘layotgan hamma narsa Rossiya Federatsiyasining ichki ishi ekanligidan kelib chiqadi”, deb alohida ta’kidladi elchi", - dedi Lavrov.
Shunindek, Rossiya bosh diplomati AQSh har safar turli isonlarga turlicha munosabat bildirishini esga oldi. “U yoki bu mamlakatda ison yoki davlat to‘ntarishiga urinishlar sodir bo‘lganda etilganida, Qo‘shma Shtatlar hokimiyatda kim bo‘lgani va kim kelayotganiga qarab har safar har xil munosabatda bo‘ladi", dedi Rossiya TIV rahbari.
Shu o‘rinda Lavrov Ukrainada 2014-yilda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarilishi va Yamandagi davlat to‘ntarilishini solishtirdi. Ikkala holatda ham mamlakat prezidentlari hayoti xavf ostida bo‘lgani tufayli qochib ketgan. Lekin Ukrainada AQSh darhol yangi hukumatni tan olish tarafdori bo‘lgan bo‘lsa, Yamanda haligacha Saudiyaga qochib ketgan prezidentni tan olmoqda, dedi Lavrov.
TIV rahbari aytishiga ko‘ra, ayni damda Rossiya maxsus xizmatlari Prigojin isonida G‘arb razvedkasining qo‘li bor yoki yo‘qligini tekshirmoqda.
Ma’lumot uchun, 24-iyunga o‘tar kechasi "Vagner" qo‘shinlari Rostov-Dondagi Janubiy harbiy okrugi shtabini egallab oldi va harbiy kolonna Moskva tomon yo‘lga chiqqanini e’lon qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin xususiy harbiy kompaniya harakatlarini "xoinlik" deb atadi va Prigojinga qarshi "qurolli ison" uyushtirgani uchun jinoiy ish ochildi.
Keyinchalik Belarus prezidentining matbuot xizmati Aleksandr Lukashenko Vladimir Putin bilan kelishgan holda Prigojin bilan muzokaralar o‘tkazib, harbiy kolonnani orqaga qaytarishga ko‘ndirganini xabar qildi. Prigojinning o‘zi esa Belarus hududiga chiqib ketgan.
"Vagner" askarlari ushbu harakatlarda ishtirok etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilmasligi e’lon qilindi va ularga Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolash taklif qilindi.