Xitoy portidan O‘zbekistonga Eron orqali konteyner poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi

© Fotolia / Marco2811Perevozka konteynerov po jeleznoy doroge
Perevozka konteynerov po jeleznoy doroge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2023
Obuna bo‘lish
Xitoyning Siyamen portidan Sergeli stansiyasiga Eron orqali birinchi konteyner poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Xitoyning Siyamen portidan O‘zbekistonga Eron orqali konteyner poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ ma’lum qildi.
“Xitoyning Siyamen portidan Sergeli stansiyasiga Eron orqali birinchi konteyner poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, tarkibida maishiy texnika yuklari (muzlatgich, kir yuvish mashinasi, gaz plitalari) bo‘lgan konteynerlar Xitoydan dengiz orqali Eronning Bander-Abbas portiga olib kelinadi. Keyin Bander-Abbas portida temir yo‘l platformalariga ortilgan holda Turkmaniston orqali O‘zbekistonga kirib keladi.
© “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJXitoyning Siyamen portidan O‘zbekistonga Eron orqali konteyner poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi
Xitoyning Siyamen portidan O‘zbekistonga Eron orqali konteyner poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2023
Xitoyning Siyamen portidan O‘zbekistonga Eron orqali konteyner poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi
39 ta 40 futlik konteynerlardan tashkil topgan blok poyezdi Bander-Abbas portidan Sergeli stansiyasigacha 14 kunda yetib kelishi belgilangan.
Hozirda konteyner poyezdi O‘zbekiston hududiga o‘tgan bo‘lib, bugun, 25-iyun kuni Toshkent shahriga yetib kelishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0