https://oz.sputniknews.uz/20230625/tanzila-narbaeva-qatar-elchisi-36283521.html
Tanzila Narbayeva Qatar elchisi bilan uchrashdi — tafsilotlar
Tanzila Narbayeva Qatar elchisi bilan uchrashdi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Muloqot davomida madaniy-gumanitar, ayniqsa, turizm sohasida hali ishga solinmagan imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlanib, mazkur yo‘nalishda istiqbolli loyihalarni kengaytirish yuzasidan fikr bildirildi.
2023-06-25T10:01+0500
2023-06-25T10:01+0500
2023-06-25T10:01+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qatar
tanzila norboyeva
elchi
uchrashuv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/19/36283358_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_300cbecac9d549949a399ace8b8551bb.jpg
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Kecha, 24-iyun kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Qatarning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Hasan Hamza Asad Muhammad Hoshim bilan uchrashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.Suhbat davomida O‘zbekiston va Qatar davlati o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalar shuningdek, parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratdi.Elchi Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyni iyun oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarga mutlaqo yangi ruh baxsh etganligini ta’kidladi. Diplomat O‘zbekiston Qatar uchun mintaqadagi asosiy hamkor ekanini aytib, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishning ahamiyatiga to‘xtaldi va yuqori darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlashda ikki davlat parlamentlarining sa’y-harakatlari muhimligini qayd etdi.Muloqot davomida madaniy-gumanitar, ayniqsa, turizm sohasida hali ishga solinmagan imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlanib, mazkur yo‘nalishda istiqbolli loyihalarni kengaytirish yuzasidan fikr bildirildi.Uchrashuv yakunida xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik va o‘zaro tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga kelishib olindi.
o‘zbekiston
qatar
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/19/36283358_0:0:1280:961_1920x0_80_0_0_ac96e2b6c46df6537236d1b75cd85073.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tanzila narbayeva qatar elchisi
tanzila narbayeva qatar elchisi
Tanzila Narbayeva Qatar elchisi bilan uchrashdi — tafsilotlar
Muloqot davomida madaniy-gumanitar, ayniqsa, turizm sohasida hali ishga solinmagan imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlanib, mazkur yo‘nalishda istiqbolli loyihalarni kengaytirish yuzasidan fikr bildirildi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Kecha, 24-iyun kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Qatarning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Hasan Hamza Asad Muhammad Hoshim bilan uchrashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati
xabar berdi. Suhbat davomida O‘zbekiston va Qatar davlati o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalar shuningdek, parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratdi.
“Qatar parlamenti bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish biz uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri. Bugungi muloqot parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishga imkoniyat yaratadi. Shu nuqtayi nazardan munosabatlarni faollashtirishda “do‘stlik guruhlari” va parlamentlarimiz tegishli qo‘mitalarining amaliy muloqotlari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi mazmun bilan boyitish hamda hamkorlik salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishda muhim turtki bo‘ladi”, — dedi Narbayeva.
Elchi Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyni iyun oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarga mutlaqo yangi ruh baxsh etganligini ta’kidladi. Diplomat O‘zbekiston Qatar uchun mintaqadagi asosiy hamkor ekanini aytib, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishning ahamiyatiga to‘xtaldi va yuqori darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlashda ikki davlat parlamentlarining sa’y-harakatlari muhimligini qayd etdi.
Muloqot davomida madaniy-gumanitar, ayniqsa, turizm sohasida hali ishga solinmagan imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlanib, mazkur yo‘nalishda istiqbolli loyihalarni kengaytirish yuzasidan fikr bildirildi.
Uchrashuv yakunida xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik va o‘zaro tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga kelishib olindi.