Rossiyadagi ison ko‘tarishga urinish maxsus operatsiyaga ta’sir qilmaydi – Peskov

© Sputnik / Vladimir AstapkovichDmitriy Peskov, arxiv surat
Dmitriy Peskov, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2023
Obuna bo‘lish
Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, “Vagner” XHK rahbari Yevgeniy Prigojinga qarshi jinoiy ish tugatiladi, u Belarusga ketadi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaziyat Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyaga ta’sir qilmaydi, maxsus operatsiya davom ettiriladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
“Hecham. Maxsus harbiy davom etmoqda, jangchilarimiz frontning oldingi chiziqlarida qahramonlik ko‘rsatishmoqda, ular Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumini g‘oyat samarali va muvaffaqiyatli qaytarishmoqda”, - dedi Peskov “Vagner” bilan bog‘liq vaziyat maxsus operatsiya olib borilishiga ta’sir qiladimi degan savolga javob berayotib
Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, “Vagner” XHK rahbari Yevgeniy Prigojinga qarshi jinoiy ish tugatiladi, u Belarusga ketadi. Peskov oliy maqsad qon to‘kilishining va ichki ixtilofning oldini olish bo‘lganini ta’kidladi. Bu maqsadlarga erishishda Belarus prezidentining sa’y-harakatlari alohida o‘rin tutgan. Aleksandr Lukashenkoning o‘zi Prigojin bilan muzokaralar o‘tkazish tashabbusini bildirgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibining ma’lum qilishicha, avval boshdan Prigojin “yurishida” ishtirok etishdan bosh tortgan “Vagner” jangchilari Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzadi. Voqealarda qatnashgan jangchilar ularning frontdagi xizmatlarini inobatga olib, ta’qib qilinmaydi.
Rossiyaning qator mintaqalarida joriy etilgan aksilterror rejimi tez orada bekor qilinadi.
Avvalroq Belarus rahbari matbuot xizmati Prigojin Aleksandr Lukashenkoning “Vagner” jangchilari harakatlanishini Rossiya hududida to‘xtatish haqidagi taklifini qabul qilganini ma’lum qilgan edi. Aniqlik kiritilishicha, “stol ustida vaziyatni hal etishning mutlaqo foydali va maqbul varianti turibdi.” Bu “Vagner” XHK jangchilari uchun xavfsizlik kafolatlarini ham o‘z ichiga oladi.
Shundan so‘ng “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin jangchilarini to‘plab, dala lagerlariga qaytib ketishini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0