https://oz.sputniknews.uz/20230624/vagner-rahbari-36281295.html
“Vagner” rahbari kolonnalar dala lagerlariga qaytishini ma’lum qildi
“Vagner” rahbari kolonnalar dala lagerlariga qaytishini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘tgan tunda Rossiya Federal xavfsizlik (FXX) ijtimoiy tarmoqlarda Yevgeniy Prigojin nomidan tarqalayotgan va “Vagner” XHK qismlariga Mudofaa vazirligi zarba bergani haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmasligi va axborot provokatsiyasi ekanini ma’lum qildi.
2023-06-24T23:04+0500
2023-06-24T23:04+0500
2023-06-25T00:28+0500
dunyoda
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/18/36280506_0:0:3078:1731_1920x0_80_0_0_e72530484c087663949bd4e1d6b3e0f5.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) jangchilari o‘z kolonnalarini to‘plab, dala lagerlariga qaytib ketishadi. Bu haqda “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.“Tomonlardan birida rus qoni to‘kilishi uchun javobgarlikni anglab, biz kolonnalarni to‘plab, rejaga muvofiq, orqa yo‘nalishdagi dala lagerlariga ketamiz”, - dedi u.Avvalroq Belarus rahbari matbuot xizmati Prigojin Aleksandr Lukashenkoning “Vagner” jangchilari harakatlanishini Rossiya hududida to‘xtatish haqidagi taklifini qabul qilganini ma’lum qilgan edi. Aniqlik kiritilishicha, “stol ustida vaziyatni hal etishning mutlaqo foydali va maqbul varianti turibdi.” Bu “Vagner” XHK jangchilari uchun xavfsizlik kafolatlarini ham o‘z ichiga oladi.O‘tgan tunda Rossiya Federal xavfsizlik (FXX) ijtimoiy tarmoqlarda Yevgeniy Prigojin nomidan tarqalayotgan va “Vagner” XHK qismlariga Mudofaa vazirligi zarba bergani haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmasligi va axborot provokatsiyasi ekanini ma’lum qildi. Rossiya FXX Tergov boshqarmasi Prigojinga qarshi Jinoyat kodeksining 297 moddasi bilan (“Qurolli ison tashkil etish”) jinoiy ish ochgan.Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga yo‘llagan murojaatida ison ko‘tarishga uringanlarning hammasi jazolanishi, qonun va xalq oldida javob berishini ma’lum qildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/18/36280506_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_1d3d10211d83541d81fc1be6ea559c76.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevgeniy prigojin “vagner” rahbari rossiya
yevgeniy prigojin “vagner” rahbari rossiya
“Vagner” rahbari kolonnalar dala lagerlariga qaytishini ma’lum qildi
23:04 24.06.2023 (yangilandi: 00:28 25.06.2023) "Vagner" rahbari javobgarlikni anglab, o‘z jangchilarini to‘plab, orqa yo‘nalishdagi dala lagerlariga qaytib ketishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) jangchilari o‘z kolonnalarini to‘plab, dala lagerlariga qaytib ketishadi. Bu haqda “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin ma’lum qildi,
deya yozadi RIA Novosti.
“Tomonlardan birida rus qoni to‘kilishi uchun javobgarlikni anglab, biz kolonnalarni to‘plab, rejaga muvofiq, orqa yo‘nalishdagi dala lagerlariga ketamiz”, - dedi u.
Avvalroq Belarus rahbari matbuot xizmati Prigojin Aleksandr Lukashenkoning “Vagner” jangchilari harakatlanishini Rossiya hududida to‘xtatish haqidagi taklifini qabul qilganini
ma’lum qilgan edi. Aniqlik kiritilishicha, “stol ustida vaziyatni hal etishning mutlaqo foydali va maqbul varianti turibdi.” Bu “Vagner” XHK jangchilari uchun xavfsizlik kafolatlarini ham o‘z ichiga oladi.
O‘tgan tunda Rossiya Federal xavfsizlik (FXX) ijtimoiy tarmoqlarda Yevgeniy Prigojin nomidan tarqalayotgan va “Vagner” XHK qismlariga Mudofaa vazirligi zarba bergani haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmasligi va axborot provokatsiyasi ekanini ma’lum qildi. Rossiya FXX Tergov boshqarmasi Prigojinga qarshi Jinoyat kodeksining 297 moddasi bilan (“Qurolli ison tashkil etish”) jinoiy ish ochgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga yo‘llagan murojaatida ison ko‘tarishga uringanlarning hammasi jazolanishi, qonun va xalq oldida javob berishini ma’lum qildi.