Toshkent botanika bog‘ida yosh olimlarning ekologik innovatsion loyihalari taqdim etiladi

© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki UzbekistanToshkentda Yoshlar kuniga bag‘ishlangan “Tabiat bilan uyg‘unlikda” tadbiri bo‘lib o‘tadi
Toshkentda Yoshlar kuniga bag‘ishlangan “Tabiat bilan uyg‘unlikda” tadbiri bo‘lib o‘tadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2023
Obuna bo‘lish
Tadbirda qog‘ozni qayta ishlash, ikkilamchi materiallardan to‘qish, akril kraskalarda shopper ustida rasm chizish kabi mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Bugun Toshkent botanika bog‘ida yosh olimlarning ekologik innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi taqdim etiladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Bugun Toshkent botanika bog‘ida yosh olimlarning ekologik innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi taqdim etiladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Toshkent botanika bog‘ida "Yoshlar kuni" munosabati bilan “Tabiat bilan uyg‘unlikda” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tadi.
Tadbir davomida Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabining “EcoUnion” jamoasi vakillari tomonidan qog‘ozni qayta ishlash, ikkilamchi materiallardan to‘qish, akril kraskalarda shopper ustida rasm chizish kabi mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Shuningdek, tadbirda yosh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan ekologik innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi taqdim etiladi.
Qolaversa, ekoblogerlar, ekofaollar, yoshlar vakillari ishtirokida master-klasslar, yoshlarda hayvonlarga mehr uyg‘otishga qaratilgan chiqishlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida samarali faoliyat olib borayotgan yoshlarni taqdirlash rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari o‘rtasida ekologiyaga oid savol-javoblar viktorinasi ham o‘tkaziladi va g‘oliblar taqdirlanadi.
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad yoshlarda tabiatga mehr uyg‘otish, ularda ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda intellektual, ijodiy salohiyatini kamol toptirishdir.
Dastur soat 10:00da boshlanadi. Tadbirning asosiy qismi va ko‘rgazma esa soat 16:00da boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0