https://oz.sputniknews.uz/20230624/talim-darajasi-yuqori-bolmagan-maktablar-36264598.html
O‘zbekistonning qaysi maktablarida ta’lim darajasi past?
O‘zbekistonning qaysi maktablarida ta’lim darajasi past?
Sputnik O‘zbekiston
Ro‘yxatdan 642 ta maktab joy olgan. Maktablar Qoraqalpog‘iston respublikasi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida joylashgan.
2023-06-24T08:50+0500
2023-06-24T08:50+0500
2023-06-24T08:50+0500
jamiyat
o‘zbekiston
maktab
ta’lim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/01/15910185_0:0:3077:1731_1920x0_80_0_0_bfa2e9fd374387897f63f7275c831de1.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi, deya xabar berdi Ta’lim nazorati.Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2023-2024 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi.Ushbu maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar to‘lanadi.Bunda:Boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu ro‘yxatga respublika bo‘yicha 852 ta maktab keltirilgan. Ro‘yxatni tuzishda maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida to‘plagan o‘rtacha ballari, salohiyati past bo‘lgan pedagoglar inobatga olinadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/01/15910185_77:0:2806:2047_1920x0_80_0_0_d2cc48b8d1e938bbff018729fc42d314.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar
o‘zbekiston maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar
O‘zbekistonning qaysi maktablarida ta’lim darajasi past?
Ro‘yxatdan 642 ta maktab joy olgan. Maktablar Qoraqalpog‘iston respublikasi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida joylashgan.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi, deya xabar berdi
Ta’lim nazorati. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2023-2024 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi.
Ro‘yxatdan 642 ta maktab joy olgan. Maktablar Qoraqalpog‘iston respublikasi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida joylashgan.
Ushbu maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar to‘lanadi.
bir ma’muriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
boshqa ma’muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar to‘lanadi.
Ushbu maktablarda dars berish uchun boshqa hududda kamida bir yil ishlagan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglar jalb qilinadi.
Boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu ro‘yxatga respublika bo‘yicha 852 ta maktab keltirilgan. Ro‘yxatni tuzishda maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida to‘plagan o‘rtacha ballari, salohiyati past bo‘lgan pedagoglar
inobatga olinadi.