Rossiyada qurolli ison ko‘tarishga urinish — hozirgi vaqtga qadar asosiy voqealar

© Sputnik / Natalya SeliverstovaSpasskaya bashnya Moskovskogo Kremlya (v sentre) i Pokrovskiy sobor (sprava). Na pervom plane: Parashiy most v parke "Zaradye".
Spasskaya bashnya Moskovskogo Kremlya (v sentre) i Pokrovskiy sobor (sprava). Na pervom plane: Parashiy most v parke Zaradye. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2023
Obuna bo‘lish
Moskva va Voronej viloyatlari hududida ehtimoliy terrorchilik harakatlarining oldini olish maqsadida aksilterror operatsiyasi rejimi joriy qilingan.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Bugun Moskva va Voronej viloyatlari hududida ehtimoliy terrorchilik harakatlarining oldini olish maqsadida aksilterror operatsiyasi rejimi joriy qilingan.
Rossiyada qurolli ison ko‘tarishga urinish fonida mamlakat yetakchisi Vladimir Putin Rossiya bugun neonatsistlar va ularning xo‘jayinlarining tajovuzini qaytarayotgani, o‘z kelajagi uchun qattiq kurash olib borayotganini ma’lum qildi. Ayni vaqtda Rossiyadagi vaziyat qanday tus olayotgani haqida materialimizda o‘qing.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) "Vagner" xususiy harbiy kompaniya (XHK) rahbariga qarshi isonga da’vat tufayli jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevgeniy Prigojin nomidan "Vagner" xususiy harbiy kompaniyaning orqa lagerlariga "zarba berish" haqida tarqatilgan ma’lumotlar yuzasidan murojaat yo‘lladi.
Putin qo‘zg‘olonchilarning harakatlarini jinoiy sarguzasht, Rossiyaning orqasidan pichoq urish va o‘ta katta ambitsiyalar va shaxsiy manfaatlarga olib kelgan xiyonat deb atadi.
Rossiya qo‘shinlari qurolli isonni uyushtirganlarni zararsizlantirish bo‘yicha zarur buyruq oldi.
Qurolli ison ko‘tarishga urinish: Qodirov, Volodin, Matviyenko va Medvedev rossiyalik jangchilarga murojaat qildi.
Rossiya prezidenti Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy holatni buzganlik uchun 30 sutkaga qamoqqa olishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlar chog‘ida Anqara vaziyatni hal qilishga hissa qo‘shishga tayyorligini aytdi.
Dmitriy Medvedev Rossiya voqealar ssenariy bo‘yicha ketishi, aqldan ozgan jinoyatchilar buni qanchalik xohlamasin banditlar yadro quroliga ega bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmasligini ma’lum qildi.
Moskva dushanba kunini ishlanmaydigan kun deb e’lon qildi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonotida G‘arb davlatlarini Rossiyadagi ichki vaziyatdan o‘zlarining rusofob maqsadlariga erishish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan har qanday ishoradan, shuningdek, bu urinishlar behuda ekanligidan ogohlantirdi.
Yangiliklar lentasi
0