Qurbon hayiti kuni avtobuslar ham vaqtliroq harakatlanishni boshlaydi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaAvtobusniy park №18 aksionernogo obshestva "Toshshaxartransxizmat".
Avtobusniy park №18 aksionernogo obshestva Toshshaxartransxizmat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2023
Obuna bo‘lish
“Qurbon hayiti” namozi o‘qilishi munosabati bilan Toshkentdagi 100 ga yaqin masjidlarga boruvchi maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. “Qurbon hayiti” bayrami nishonlanishi munosabati bilan, 28-iyun kuni avtobus yo‘nalishlarining faoliyati soat 4:00 dan boshlab yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahridagi 151 ta avtobus yo‘nalishiga jami 1060 ta avtobus ishga chiqariladi. Avtobuslar o‘z faoliyatini soat 4:00 dan boshlaydi.
Bundan tashqari, “Qurbon hayiti” namozi o‘qilishi munosabati bilan, masjidlarga kelib ketishda poytax aholisiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, Toshkentdagi 100 ga yaqin masjidlarga soat 03:00 dan, soat 05:00 gacha bo‘lgan vaqt mobaynida vaqtinchalik 60 ta maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi. Ushbu yo‘nalishlarga 160 dona avtobus chiqariladi.
Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlari ma’lum qilindi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bu yil Qurbon hayiti 28-iyun kuni nishonlanadi. O‘zbekistonliklar bayram munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olishadi.
Yangiliklar lentasi
0