https://oz.sputniknews.uz/20230624/lukashenko-prigojin-36280820.html
Lukashenko Prigojin “Vagner” XHK harakatlanishini to‘xtatishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi
Lukashenko Prigojin “Vagner” XHK harakatlanishini to‘xtatishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari (XHK) Yevgeniy Prigojin Belarus prezidenti Aleksandir Lukashenkoning uning jangchilari harakatlanishini Rossiya hududida to‘xtatish haqidagi taklifini qabul qildi.
2023-06-24T22:30+0500
2023-06-24T22:30+0500
2023-06-24T23:20+0500
dunyoda
aleksandr lukashenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/1f/33402072_0:0:2981:1677_1920x0_80_0_0_d669f848f8dfff112611c9138fdf8ba6.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari (XHK) Yevgeniy Prigojin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning uning jangchilari harakatlanishini Rossiya hududida to‘xtatish haqidagi taklifini qabul qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.“Bugun ertalab Vladimir Putin belaruslik hamkasbini Rossiya janubidagi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan xabardor qildi. Davlat rahbarlari qo‘shma harakatlarga kelishib olishdi <...> Kelishuvlar rivojlanishida, <...> Belarus prezidenti Yevgeniy Prigojin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar kun bo‘yi davom etdi. Natijada Rossiya hududida qirg‘in boshlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka kelishib olishdi. Prigojin Lukashenkoning “Vagner” qurolli shaxslarining harakatini to‘xtatish va keskinlikni yumshatishning keyingi odimlari haqidagi taklifini qabul qildi”, - deyilgan Belarus rahbari matbuot xizmati xabarida.Qayd etilishicha, “stol ustida vaziyatni hal etishning mutlaqo foydali va maqbul varianti turibdi.” Bu “Vagner” XHK jangchilari uchun xavfsizlik kafolatlarini ham o‘z ichiga oladi.O‘tgan tunda Rossiya Federal xavfsizlik (FXX) ijtimoiy tarmoqlarda Yevgeniy Prigojin nomidan tarqalayotgan va “Vagner” XHK qismlariga Mudofaa vazirligi zarba bergani haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmasligi va axborot provokatsiyasi ekanini ma’lum qildi. Rossiya FXX Tergov boshqarmasi Prigojinga qarshi Jinoyat kodeksining 297 moddasi bilan (“Qurolli ison tashkil etish”) jinoiy ish ochgan.Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga yo‘llagan murojaatida ison ko‘tarishga uringanlarning hammasi jazolanishi, qonun va xalq oldida javob berishini ma’lum qildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/1f/33402072_155:0:2202:1535_1920x0_80_0_0_b0d49c80423c7f1d34065f78bb9d3a36.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari (xhk) yevgeniy prigojin belarus prezidenti aleksandir lukashenko taklif rossiya
“vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari (xhk) yevgeniy prigojin belarus prezidenti aleksandir lukashenko taklif rossiya
Lukashenko Prigojin “Vagner” XHK harakatlanishini to‘xtatishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi
22:30 24.06.2023 (yangilandi: 23:20 24.06.2023) Qayd etilishicha, “stol ustida vaziyatni hal etishning mutlaqo foydali va maqbul varianti turibdi.”
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari (XHK) Yevgeniy Prigojin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning uning jangchilari harakatlanishini Rossiya hududida to‘xtatish haqidagi taklifini qabul qildi. Bu haqda RIA Novosti
xabar bermoqda. “Bugun ertalab Vladimir Putin belaruslik hamkasbini Rossiya janubidagi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan xabardor qildi. Davlat rahbarlari qo‘shma harakatlarga kelishib olishdi <...> Kelishuvlar rivojlanishida, <...> Belarus prezidenti Yevgeniy Prigojin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar kun bo‘yi davom etdi. Natijada Rossiya hududida qirg‘in boshlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka kelishib olishdi. Prigojin Lukashenkoning “Vagner” qurolli shaxslarining harakatini to‘xtatish va keskinlikni yumshatishning keyingi odimlari haqidagi taklifini qabul qildi”, - deyilgan Belarus rahbari matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, “stol ustida vaziyatni hal etishning mutlaqo foydali va maqbul varianti turibdi.” Bu “Vagner” XHK jangchilari uchun xavfsizlik kafolatlarini ham o‘z ichiga oladi.
O‘tgan tunda Rossiya Federal xavfsizlik (FXX) ijtimoiy tarmoqlarda Yevgeniy Prigojin nomidan tarqalayotgan va “Vagner” XHK qismlariga Mudofaa vazirligi zarba bergani haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmasligi va axborot provokatsiyasi ekanini ma’lum qildi. Rossiya FXX Tergov boshqarmasi Prigojinga qarshi Jinoyat kodeksining 297 moddasi bilan (“Qurolli ison tashkil etish”) jinoiy ish ochgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga yo‘llagan murojaatida ison ko‘tarishga uringanlarning hammasi jazolanishi, qonun va xalq oldida javob berishini ma’lum qildi.