https://oz.sputniknews.uz/20230624/garb-rossiya-vaziyat-maqsad-foydalanish-36278784.html
TIV G‘arbni Rossiyadagi vaziyatdan o‘z maqsadlari uchun foydalanishdan ogohlantirdi
TIV G‘arbni Rossiyadagi vaziyatdan o‘z maqsadlari uchun foydalanishdan ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV: Bunday urinishlar befoyda va na Rossiyada, na xorijdagi sog‘lom siyosiy kuchlar o‘rtasida javob topa olmaydilar.
2023-06-24T21:18+0500
2023-06-24T21:18+0500
2023-06-24T21:47+0500
dunyoda
rossiya
g‘arb
yevropa
aqsh
rossiya tiv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/04/25886580_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_2ecedc3cc874fa8d2ab5245f89a194f5.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonotida G‘arb davlatlarini Rossiyadagi ichki vaziyatdan o‘zlarining rusofob maqsadlariga erishish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan har qanday ishoradan, shuningdek, bu urinishlar behuda ekanligidan ogohlantirdi.Vazirlik Rossiya o‘z xavfsizligini ta’minlash, o‘z qadriyatlarini himoya qilish, xalqaro maydonda o‘z nufuzini mustahkamlash, adolatli ko‘p qutbli dunyo tartibini shakllantirish bo‘yicha o‘z suveren yo‘lini davom ettirishini ta’kidladi.TIV, shuningdek, qurolli isonga urinish Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qattiq qo‘llab-quvvatlovchi Rossiya jamiyatida keskin rad etishga sabab bo‘layotganini qo‘shimcha qildi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Mariya Zaxarova AQSh go‘yoki “Rossiyaning yadroviy tahdidi” haqida dahshatli hikoyalarni ko‘paytirayotganini ma’lum qilgan edi.
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/04/25886580_299:193:2772:2048_1920x0_80_0_0_e208d092ec0ca6763b6bad9a31c57cb6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya tiv g‘arb siyosiy kuchlar moskva
rossiya tiv g‘arb siyosiy kuchlar moskva
TIV G‘arbni Rossiyadagi vaziyatdan o‘z maqsadlari uchun foydalanishdan ogohlantirdi
21:18 24.06.2023 (yangilandi: 21:47 24.06.2023) Rossiya TIV: Bunday urinishlar befoyda va na Rossiyada, na xorijdagi sog‘lom siyosiy kuchlar o‘rtasida javob topa olmaydilar.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonotida G‘arb davlatlarini Rossiyadagi ichki vaziyatdan o‘zlarining rusofob maqsadlariga erishish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan har qanday ishoradan, shuningdek, bu urinishlar behuda ekanligidan
ogohlantirdi. “Biz G‘arb davlatlarini Rossiyadagi ichki vaziyatdan o‘zlarining rusofob maqsadlariga erishish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan har qanday maslahatlardan ogohlantiramiz. Bunday urinishlar behuda va Rossiyada ham, xorijdagi sog‘lom siyosiy kuchlar orasida ham javob topa olmaydi. Ishonchimiz komilki, yaqin vaqtlarda vaziyat rus xalqi va Rossiya davlatining asriy donoligiga munosib yechim topadi”, - deyiladi rasmiy bayonotda.
Vazirlik Rossiya o‘z xavfsizligini ta’minlash, o‘z qadriyatlarini himoya qilish, xalqaro maydonda o‘z nufuzini mustahkamlash, adolatli ko‘p qutbli dunyo tartibini shakllantirish bo‘yicha o‘z suveren yo‘lini davom ettirishini ta’kidladi.
TIV, shuningdek, qurolli isonga urinish Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qattiq qo‘llab-quvvatlovchi Rossiya jamiyatida keskin rad etishga sabab bo‘layotganini qo‘shimcha qildi.
“Fitnachilarning avanturist intilishlari, aslida, Rossiyadagi vaziyatni beqarorlashtirish, birligimiz va Rossiya Federatsiyasining ishonchli xalqaro xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini buzishga qaratilgan. Shunday qilib, ison Rossiyaning tashqi dushmanlari qo‘lida o‘ynaydi", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Mariya Zaxarova AQSh go‘yoki “Rossiyaning yadroviy tahdidi” haqida dahshatli hikoyalarni ko‘paytirayotganini ma’lum
qilgan edi.